Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari NATO uchun «bevosita tahdid» paydo qilishga va’da berdi
Sergey Ryabkov Shvetsiya va Finlandiyaning NATOga a’zo bo‘lishi masalasida hozircha kutib turish kerakligini aytdi.
Rossiya NATOning yangilangan strategiyasiga Rossiyadan «bevosita tahdid» bo‘lishi mumkinligi haqida band kiritilishi borasidagi «yuqori bahosi»ga munosib bo‘ladi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov aytdi.
«Ushbu yuqori bahoda turish uchun ularga nisbatan bevosita tahdid paydo qilamiz», — dedi diplomat.
Ryabkov Shvetsiya va Finlandiyaning NATOga a’zo bo‘lishi masalasida hozircha kutib turish kerakligini aytdi.
«So‘ngra buning oqibatlarini amaliy, moddiy nuqtai nazardan tahlil qilamiz va shundan keyingina bu mavzuda so‘z yuritish mumkin», — dedi u.
Avvalroq AQSh davlat kotibi Entoni Blinken NATOning yangilangan strategik konsepsiyasida Rossiyaning har qanday ko‘rinishdagi «tajovuzi»ni tiyib turish aks etishini ma’lum qilgandi.
NATO strategik konsepsiyasi oxirgi marta 2010 yil noyabrda yangilangandi.
Bloomberg agentligining xabar berishicha, agarda Rossiyaning tashqi siyosati o‘zgarmasa, NATO Moskvaning harakatlarini bevosita tahdid deb baholashi mumkin.
Mavzuga oid
14:05 / 16.05.2025
Bloomberg: AQSh Rossiya-NATO kengashini qayta tiklashni taklif qildi
20:12 / 14.05.2025
AQSh Zelenskiyning NATO sammitiga taklif etilishiga qarshi - ANSA
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025