Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Birja savdolari yashirin iqtisodiyot va korrupsiyani keskin kamaytiradi» - Shavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev raisligida Tovar-xomashyo birjasida savdolarni ko‘paytirish, mahalliy korxonalar ishtirokini kengaytirish bo‘yicha yig‘ilish boshlandi.
«Birja samarali ishlamasa, bozor munosabatlari ham bo‘lmaydi. Birja savdolari erkin raqobatni shakllantiradi, tadbirkorlarga yangi bozorlarni ochadi, «yashirin iqtisodiyot» va korrupsiyani keskin kamaytiradi», – dedi davlat rahbari.
Islohotlar natijasida:
- so‘nggi uch yilda birja savdo aylanmasi 2 baravarga o‘sib, 90 trillion so‘mga yetdi, sotiladigan tovarlar soni 3 baravarga ko‘paydi (200 tadan 627 taga yetdi);
- xorijiy davlatlarda birjaning 20 ta savdo maydonchalari tashkil etilib, joriy yilning 4 oyida 170 million dollarlik mahsulot sotildi;
- o‘tgan yili 1 ming 274 ta xorijiy kompaniya O‘zbekiston birjasiga katta hajmlarda mahsulot qo‘yishni boshladi.
«Mana natija. Lekin bu imkoniyatlarimizning o‘ndan biri ham emas», – dedi prezident hamda Tashqi savdo, Tashqi ishlar vazirliklariga xorijdagi barcha elchixonalarni jalb qilib, bunday savdo maydonchalarini tashkil etish bo‘yicha topshiriq berildi.
Mavzuga oid
12:30 / 27.05.2025
Mebel mahsulotlari xomashyosi uchun boj stavkasi 1 foiz etib belgilanadi
12:26 / 26.05.2025
Birjaga chiqariladigan oltin hajmi oshiriladi
12:18 / 26.05.2025
Yakka tadbirkorlarga tilla buyumlari bilan savdo qilishga ruxsat beriladi
11:46 / 26.05.2025