Biz sayt ishlashini yaxshilash va sizga qulaylik yaratish uchun cookies-fayllardan foydalanamiz. Davom etish orqali siz cookies-dan foydalanishga rozilik bildirasiz. Maxfiylik siyosati Kun.uz
Donbassdagi Nyu-Yorkning shturm qilinishi, Xarkov atrofida yakson etilgan samolyot va tanklar. Urush suratlari
Urushning 82-kunida «Azovstal» zavodi hududidan bu yerda ikki oydan oshiq vaqt davomida mudofaani ushlab turgan ukrain askarlarini olib chiqish boshlandi. Rossiya harbiylari chekingan Xarkovga tinch aholi evakuatsiya qilingan hududlaridan qaytmoqda. Shvetsiya hukumati NATOga a’zo bo‘lish to‘g‘risida rasman qaror qildi. Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarning oltinchi paketi bo‘yicha kelisha olmayapti.
Shvedlar bosh vaziri Magdalena Andersson va mo‘’tadil kuchlar partiyasi yetakchisi Ulf Kristersson Stokholmda matbuot anjumanida qatnashmoqda. Shvetsiya hukumati NATOga a’zo bo‘lib kirish to‘g‘risida qaror qabul qildi
Henrik Montgomery/TT News Agency via APFinlandiya bosh vaziri Sanna Marin mamlakat parlamentida hukumat a’zolari qarshisida nutq so‘zlamoqda. Finn qonunchilari NATOga a’zo bo‘lish to‘g‘risida murojaat topshirish imkoniyatlarini muhokama etishmoqda
AP Photo/Martin Meissner
Ukrainadagi urush. So‘nggi ma’lumotlar:
Shvetsiya bosh vaziri NATOga kirish bo‘yicha e’lon qilarkan, mamlakat o‘z hududida alyans bazalari va yadro quroli joylashtirmoqchi emasligini ma’lum qildi;
Turkiya prezidenti Rajap Toyyib Erdo‘g‘an uning mamlakati «Turkiyaga qarshi sanksiyalar kiritgan mamlakat NATOga qo‘shilishiga “ha” demasligi»ni aytdi. U Shvetsiya Turkiyadagi muxolifat vakillariga boshpana berganini nazarda tutgan. Shuningdek, Shvetsiya va Finlandiya Suriyadagi urushdagi ishtiroki tufayli Turkiyaga ayrim turdagi qurollarni yetkazib berishni taqiqlagan;
Yevropa ittifoqi tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida Rossiyaga qarshi sanksiyalarning oltinchi paketi bo‘yicha kelisha olmadi - Vengriya hamon Rossiya neftiga embargo qo‘yishga qarshi chiqmoqda. Endi masala YeI elchilari darajasida hal qilinishi kerak, agar shunda ham kelishuv bo‘lmasa – masala Yevroittifoqning 30-31 may kunlaridagi sammitiga qoladi;
Odessaga qanotli raketalar bilan zarba berilgan, turistik infratuzilma binolari shikastlangan. Zarba natijasida to‘rt kishi yaralangan, ular orasida bir bola ham bor;
Dushanba kuni kechqurun Lvovdagi nashrlar oblast hududi o‘qqa tutilganini xabar qildi. Keyinroq Polsha chegarasi yaqinidagi harbiy obektga zarba berilgani ma’lum bo‘ldi;
Rossiya harbiylari Donetsk yo‘nalishidagi harakatlarni kuchaytirishga e’tibor qaratmoqda va bu hududdagi Ukraina infratuzilmalariga artilleriya zarbalari yo‘llamoqda;
Fransuz avtomobil konserni Renault’ning Rossiyadagi aktivlari davlat ixtiyoriga o‘tdi. Bu Rossiyada xorijiy kompaniyaning milliylashtirilishi bilan bog‘liq ilk holatdir;
McDonald's kompaniyasi Rossiyadan ketish bo‘yicha yakuniy qarorga kelinganini xabar qildi. Kompaniyaning Rossiyadagi biznesi sotiladi.
Quyida 16 may kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Donbass shimoli
Donetsk oblastidagi Nyu-York posyolkasida portlamay qolgan snaryadni ko‘zdan kechirayotgan ukrain askari. Nyu-Yorkka Yekaterina II tomonidan taklif etilgan mennonitlar (Niderlandiyada XVI asrda yuzaga kelgan protestantlar oqimi) asos solishgan. Posyolka nomi 1951 yilda, sovuq urush davrida Novgorodskoye deb o‘zgartirilgan, ammo 2021 yilda rasmiylar unga tarixiy nomini qaytarishga qaror qilishgan.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETAQum to‘ldirilgan qoplab bino derazalarini himoya qilmoqda. Shahar atrofida janglar ketmoqda, Nyu-Yorkni DXR harbiylari qamal qilmoqda
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETABino devorida «Men Nyu-Yorkni sevaman» yozuvli graffiti
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETANyu-Yorkdagi tashlab ketilgan binodagi xona ko‘rinishi
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETAToretsklik kishi suv solingan idishlarni velosipedda olib ketmoqda. Shahar mart oyi boshidan buyon o‘qqa tutilmoqda.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETAAlbina ismli ayol Donetsk oblastidagi Nyuyu-York qishlog‘i hududida Rossiya tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida vayron bo‘lgan Peter Dick's mill tegirmoni oldida turibdi
AP Photo/Andriy AndriyenkoDonetskdagi Nyu-York qishlog‘i ko‘chasida o‘qqa uchragan avtomobil yonidan velosipedda o‘tayotgan kishi
AP Photo/Andriy Andriyenko«DXR» harbiysi Yasinuvata rayonidagi Vasilevka qishlog‘i hududida qazilgan okopdan yurib bormoqda
AP Photo/Alexei Alexandrov
Odessa oblasti
Zarya Truda qishlog‘ida ukrain harbiy xizmatchisi Volodimir Losevning dafn marosimi. U minaga tushib halok bo‘lgan.
Francisco Seco / AP / Scanpix / LETAHarbiy bilan xayrlashuv. Losev so‘nggi 18 yil mobaynida ushbu qishloqda istiqomat qilgan.
Francisco Seco / AP / Scanpix / LETAOdessa yaqinida zarbalar oqibatida vayron bo‘lgan mehmonxona binosi. Rossiya harbiylari ushbu hududni urush boshidan buyon o‘qqa tutmoqda.
Stepan Franko / EPA / Scanpix / LETA
Xarkov oblasti
Russkaya Lozovaya qishlog‘idagi vayron qilingan ko‘prik. Qishloq ikki oy vaqt davomida rossiyalik harbiylar okkupatsiyasida bo‘ldi, aprel oxirida hudud ozod etildi. Ukraina parlamenti a’zosi Yevgeniy Pivovarov allaqachon qishloqni qayta nomlash taklifi bilan chiqqan.
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETAXarkov yaqinidagi Biskvitnoye qishlog‘i atrofidagi maydonlarda jang izlari. Rossiya harbiylari shahar atrofidagi pozitsiyalarini tashlab ketishgan.
John Moore / Getty ImagesBiskvitnoyedagi dala maydonida yotgan rus samolyoti qoldiqlari
John Moore / Getty ImagesMalaya Rohan qishlog‘i hududida urib tushirilgan vertolyot qoldiqlarini ko‘zdan kechirayotgan ukrainlar
AP Photo/Bernat ArmangueMalaya Rohan qishlog‘ida yakson etilgan rus tanki
AP Photo/Bernat ArmangueUkrain harbiy xizmatchisi kaskasidagi yozuv: «Men jonivorlarni sevaman. Odamlardan nafratlanaman».
Ricardo Moraes / Reuters / Scanpix / LETAUkrain harbiy xizmatchisi Malaya Rohan qishlog‘idagi avval rus harbiylari bazasi bo‘lgan yerto‘lada mushukning boshini silamoqda.
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Mariupol
Ikki oydan oshiq vaqt davomida ukrain harbiylari tomonidan mudofaa qilingan «Azovstal» zavodidagi holat. Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabi 17 mayga o‘tar kechasi harbiylarni «qutqarish amaliyoti» o‘tkazilganini ma’lum qildi — «DXR» hududiga 260 dan ortiq kishi olib o‘tilgan. Bu kadr ukrain harbiylaridan biri tomonidan olingan. Foto: Dmitriy «Orest» Kazatskiy / Azov polki«Azovstal» mudofaasida turgan ukrain harbiy xizmatchilari «DXR» hududiga olib ketilmoqda. Ularning barchasi rossiyalik harbiy asirlarga almashtirilishi kutilmoqda. Foto: Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETAYarador ukrain harbiysi Novoazovskda, o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan «DXR» hududi.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA