Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 17:09 / 17.05.2022
4824
2 daqiqa o‘qiladi
Mahalliy mahsulotlarni birja savdolariga chiqarish tartibi soddalashtiriladi
O‘zbekistonda mahalliy tadbirkorlarning mahsulotlari uchun birja to‘lovlari 2 baravarga qisqartiriladi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Respublika tovar-xomashyo birjasi faoliyatini takomillashtirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda mahalliy mahsulotlarni birja savdolariga chiqarish tartibi soddalashtirilishi belgilandi. Jumladan:
- 1 iyuldan birjada alohida istiqbolli tovarlar seksiyasi tashkil etilib, mahalliy tadbirkorlarning ishlab chiqargan mahsulotini ortiqcha hujjatlarsiz sotish yo‘lga qo‘yiladi;
- eng yaxshi sotilgan tovarlar keyinchalik birjaning asosiy savdo maydonlariga joylashtiriladi;
- tadbirkorlarning davlat ro‘yxatidan o‘tishi bilan bir vaqtda birjada ham hisobga olish tartibi joriy etiladi;
- mahalliy tadbirkorlarning mahsulotlari uchun birja to‘lovlari 2 baravarga qisqartiriladi;
- soliq nazoratida tadbirkorlarning birja orqali sotilgan yoki xarid qilingan tovarlari bo‘yicha qo‘shimcha o‘rganish o‘tkazilmaydi.
Shu bilan birga, joriy yil 1 iyuldan boshlab birja savdolari orqali eksport-import qilishda:
- xorijiy yetkazib beruvchilarga elektron raqamli imzoni majburiy olish tartibi bekor qilinadi;
- xorijiy kompaniyalar uchun oldindan to‘lov va birja xizmatlari to‘lovi bekor qilinadi;
- tadbirkorlarga to‘lovlarni kafolatlash bank akkreditivi singari birja kliring tizimi orqali ham ta’minlanadi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
12:30 / 27.05.2025
Mebel mahsulotlari xomashyosi uchun boj stavkasi 1 foiz etib belgilanadi
12:26 / 26.05.2025
Birjaga chiqariladigan oltin hajmi oshiriladi
12:18 / 26.05.2025
Yakka tadbirkorlarga tilla buyumlari bilan savdo qilishga ruxsat beriladi
11:46 / 26.05.2025