O‘zbekiston | 07:55 / 17.05.2022
4246
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyalik mutaxassislar Toshkent shahrining ko‘chmas mulk xaritasini yaratishda ishtirok etishi mumkin

2022 yilning 13 may kuni Toshkent shahar hokimligida rossiyalik mutaxassislar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar bermoqda.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Commonwealth Partnership kompaniyasining rahbariyati (ilgari Cushman & Wakefield savdo belgisi ostida faoliyat yuritgan) – boshqaruvchi hamkor Sergey Ryabokobilko va tadqiqot bo‘limi rahbari Denis Sokolov bilan uchrashuv o‘tkazildi

Qayd etilishicha, mehmonlarni Toshkent shahar Investitsiyalar va tashqi savdo bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Obidov raisligida hokimlikning boshqarma boshliqlari qabul qildi.

Denis Sokolov “Toshkent aglomeratsiyasida xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish” loyihasini taqdim etdi.

Ma’lum qilinishicha, loyiha quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • poytaxtning ko‘chmas mulk xaritasini yaratish;
  • ofis ko‘chmas mulkining tasnifi;
  • ko‘chmas mulk bilan bog‘liq operatsiyalar uchun sharoit yaratish;
  • barqaror ko‘chmas mulk bozorini bosqichma-bosqich rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasini.

Bundan oldin Toshkentda eng ko‘p aholi istiqomat qiluvchi tuman ma’lum qilingandi.

Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, shahar hududlari kesimida 2022 yilning 1 aprel holatiga ko‘ra, eng ko‘p aholi soni Olmazor tumanida bo‘lib, 387,7 ming kishini, ya’ni shahar aholisi sonidagi ulushi 13,5 foizni tashkil etdi. 

Mavzuga oid