Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jigar surunkali virusli kasalliklarining yagona elektron reyestri ishlab chiqiladi
“Ayrim dolzarb virusli infeksiyalar tarqalishiga qarshi kurashish chora-tadbirlarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
“Huquqiy axborot” kanalining xabar berishicha, 2022 yil 1 noyabrgacha jigar surunkali virusli kasalliklarining yagona elektron reyestri ishlab chiqiladi.
2022 yil 1 iyuldan Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridagi tegishli muassasalarda Qrim-Kongo gemorragik isitmasi bilan kasallanib tuzalganlarning (donorlarning) qon plazmasi banki yaratiladi.
2022 yil 1 iyuldan har yili keng tarqalgan virusli infeksiyalar muammolarining ilmiy yechimini ta’minlashga qaratilgan loyihalarga tanlovlar asosida mablag‘lar ajratiladi.
2022–2023 yillarda epidemiologik ko‘rsatmaga muvofiq, davlat sog‘liqni saqlash tizimidagi 119 016 nafar xodimning (shundan 2022 yilda 47 605 nafari) gepatit “V” infeksiyasiga qarshi emlanishi nazarda tutilgan.
Bundan oldin gepatitning «S» turi aniqlangan bemorlar dori vositalari bilan bepul ta’minlanishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
11:45 / 20.02.2025
Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibi belgilandi
11:38 / 01.02.2025
“Cherry mashinasi bor, ammo...” – muhtoj sifatida nafaqa olayotgan 20 mingdan ortiq oila reyestrdan chiqarildi
13:02 / 30.01.2025
Ukrainaga yetkazilgan harbiy zarar reyestri Rossiyada nomaqbul deb topildi
16:39 / 17.01.2025