Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident administratsiyasi va hukumatga ochiqlikka oid farmon talablarini bajarmayotgan hokimliklar haqida ma’lumot kiritildi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi o‘tkazgan monitoring natijalariga ko‘ra, Toshkent shahar va Andijon viloyati hokimliklari tomonidan mahalliy budjet daromadlarining orttirilgan qismi va ularning yo‘naltirilishiga doir ma’lumotlar ochiqlanmay kelmoqda.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan ochiqlikka doir prezident farmoni talablari ijrosi, xususan, 2022 yil 1-choragi yakunlariga ko‘ra, mahalliy budjet daromadlar rejasining rejadan orttirib bajarilgan qismi va mazkur mablag‘lar yo‘naltirilgan maqsadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning ochiqlanishi holati o‘rganildi.
Agentlik matbuot xizmatining Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, o‘rganish natijalariga ko‘ra Jizzax, Surxondaryo, Sirdaryo, Farg‘ona va Toshkent viloyati hokimliklarining rasmiy veb-saytlarida yuqorida qayd etilgan ushbu ma’lumotlar o‘z vaqtida e’lon qilib borilayotgani, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Namangan, Xorazm viloyati hokimliklari tomonidan esa qisman ochiqlangani aniqlandi.
Ma’lum qilinishicha, Andijon viloyat hokimligi rasmiy veb-saytida bunday ma’lumotlar so‘nggi bor 2021 yilning 1-choragi holatiga ko‘ra joylashtirilgan. Toshkent shahar hokimligi tomonidan esa farmonda ko‘rsatilgan ushbu ma’lumotlar umuman ochiqlanmagan.
«Agentlik tomonidan monitoring natijasida aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusida ochiqlikka oid qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga qat’iy rioya etilishini nazoratga olish bo‘yicha 8 ta mahalliy hokimlikka ogohlantirish yuborildi.
Bundan tashqari, prezident administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli ma’lumot kiritildi», – deyiladi ma’lumotda.
Mavzuga oid
09:15 / 05.05.2025
Hokimlikka nomzodlar korrupsiyaga qarshi rejalarini taqdim etishi majburiy bo‘ladi
09:33 / 28.03.2025
Bozorlarga egalik qilishda hokimliklarning ishtiroki to‘g‘risidagi talab bekor qilinadi
17:44 / 02.01.2025
O‘zbekistonda strategik tadqiqotlarni muvofiqlashtiruvchi organ tashkil etildi
11:58 / 25.12.2024