Jahon | 15:04 / 18.05.2022
9358
1 daqiqa o‘qiladi

Shotlandiya bosh vaziri NATOga a’zo bo‘lish rejasi haqida aytdi

Agar Shotlandiya hukumati Buyuk Britaniyadan ajralib chiqsa, Yevroittifoq va NATOga kiradi.

Foto: Picture Alliance

Shotlandiya bosh vaziri Nikola Sterjyen Buyuk Britaniyadan mustaqillikka erishganidan so‘ng NATOga kirishini aytdi, deb xabar berdi The Scotsman.

Sterjyenning so‘zlariga ko‘ra, Shotlandiya hukumati 2023 yil oxiriga qadar mustaqillik to‘g‘risida yana bir referendum o‘tkazishni rejalashtirgan. Agarda mamlakat suverenitetga erishsa, Yevropa ittifoqi va NATOga kiradi.

"Men boshchilik qilayotgan partiya 2012 yilda agar Shotlandiya mustaqillikka erishadigan bo‘lsa, NATOga kirishini belgilab olgan", - dedi u.

2021 yil noyabrda Shotlandiya hukumati Buyuk Britaniyadan ajralib chiqish bo‘yicha ikkinchi referendumni o‘tkazishni maqsad qilganini bildirgandi.

O‘shanda Sterjyen referendumni 2022 yilda tashkil etmoqchiligini aytgandi. Ipsos MORI agentligi o‘tkazgan so‘rovnoma natijalari qariyb 58 foiz shotlandiyaliklar mamlakat mustaqilligi uchun ovoz berishini ko‘rsatgan. 

Mavzuga oid