Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Garri Kasparov va Mixail Xodorkovskiy Rossiyada «xorijiy agentlar» deb e’lon qilindi
Rossiya hukumati tomonidan tuzilgan jismoniy shaxslar - «chet el agentlari» reyestriga shaxmat bo‘yicha 13-jahon chempioni va YuKOS kompaniyasining sobiq rahbari kiritildi. Rossiya Adliya vazirligiga ko‘ra, Kasparov va Xodorkovskiy Ukrainadan mablag‘ oladi.
Rossiya Adliya vazirligi 20 may, juma kuni shaxmat bo‘yicha 13-jahon chempioni Garri Kasparovni «xorijiy agentlar» deb atalgan shaxslar reyestriga kiritdi. Bu ro‘yxatga taniqli shaxmatchi va Kreml tanqidchisidan tashqari, Rossiyaning YuKOS neft kompaniyasining sobiq rahbari Mixail Xodorkovskiy ham qo‘shildi.
Reyestrga ko‘ra, Kasparov va Xodorkovskiy Ukrainadan «xorijiy moliya mablag‘lari» olib, siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanadi. Bundan tashqari, Adliya vazirligi YuKOSning sobiq rahbarini Human Righs Foundation Amerika jamg‘armasi bilan bog‘lagan.
Kasparov xabar e’lon qilingan vaqtda Rossiya rasmiylarining qaroriga izoh bermagan. Xodorkovskiy Twitter mikroblogida qisqacha shunday yozgan: «Yaxshi rus»ning pasporti olindi».
Rossiyada «xorijiy agentlar» to‘g‘risidagi qonunchilik 2012 yilda paydo bo‘lgan. O‘shandan beri 450 ga yaqin tashkilot va jismoniy shaxslar taqiq ro‘yxatiga kiritilgan. «Chet el agentlari» jismoniy shaxslar reyestri aprel oyi boshida ishga tushirildi va «xorijiy agent NNTlar», «xorijiy agent ommaviy axborot vositalari» va ro‘yxatdan o‘tmagan «xorijiy agentlar tashkilotlari» ro‘yxati bilan bir qatorda, to‘rtinchi shunday ro‘yxatga aylandi.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025