«Samarqand darvoza» majmuasi yonidagi chorrahada transport harakati qisman cheklanadi
Samarqand darvoza va Qoratosh ko‘chalari kesishmasidagi chorrahada (mo‘ljal - “Samarqand darvoza” savdo-ko‘ngilochar majmuasi) keng ko‘lamli yo‘l ta’mirlash ishlari olib boriladi.

Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, 2022 yilning 21 may kunidan mazkur chorrahada va unda keluvchi ko‘chalar (Samarqand darvoza, Ko‘kcha darvoza, Qoratosh)da bosqichma-bosqich yo‘l ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Qayd etilishicha, ish jarayonida yo‘l yopilmaydi, balki ko‘chalarda avtotransport harakati qisman cheklanadi.
Bundan oldin, aprel oyining o‘rtalarida Toshkentda “Qo‘yliq” bozori ro‘parasidagi ayrim ko‘chalarda harakat vaqtincha cheklangandi.
Mavzuga oid

09:11 / 29.11.2024
Eski ToshMI va sobiq «Toshselmash» bozori yonidagi chorrahalar rekonstruksiya qilinadi

08:28 / 31.08.2024
Toshkent halqa avtomobil yo‘lining boshqa tirband chorrahalarida ham yo‘l o‘tkazgichlar quriladi

17:56 / 16.05.2024
Toshkentda ta’mirlanadigan ko‘chalar va chorrahalar ro‘yxati e’lon qilindi

00:24 / 06.03.2024