Urganchda «Yoshlar texnoparki» quriladi
Xorazm viloyati markazi Urganch shahrining «Avesto» mahallasida «Yoshlar texnoparki» quriladi. Buning uchun shahar hokimligi zaxira yer hisobida bo‘lgan 0,1 gektar yer maydoni ajratildi.
«Yoshlar texnoparki» yoshlarning intellektual, ilmiy, ijodiy salohiyatini oshirish, tahliliy fikrlash, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatga keng jalb etish, «startap» loyihalarini rivojlantirish va ularni amalga oshirish uchun yagona maydon tashkil etish maqsadida barpo etilmoqda.
Shuningdek, hududlarni sifatli, yuqori texnologiyali mahsulotlar va xizmatlar bilan ta’minlash maqsadida ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini chuqurlashtirishni ko‘zda tutadi.
Texnopark iqtidorli yoshlarni rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli ilmiy markazlari, universitetlari, texnoparklari va ishlab chiqarish tashkilotlarida malaka oshirishlariga ko‘maklashadi.
Yetakchi kompaniyalar vakillari, malakali mutaxassislar va ekspertlar ishtirokida treninglar va master-klasslarni, shuningdek, yoshlarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va ishlab chiqaruvchilar bilan innovatsion-korporativ aloqalarni yo‘lga qo‘yish maqsadida ilmiy-texnik konferensiya, seminar, o‘quv kurslari va treninglar tashkil etadi.
Texnopark Innovatsion rivojlanish vazirligi muassisligidagi hamda mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi.
Urganch shahridagi «Yoshlar texnoparki» 2023 yilda ishga faoliyatini boshlashi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid

20:33 / 01.05.2025
Prezident Urganch shahrida jamoat transporti faoliyati bilan tanishdi

14:50 / 01.05.2025
TATU Urganch filiali Urganch davlat universitetiga qo‘shib yuboriladi

14:19 / 01.05.2025
Urganch aeroporti Koreyaning Inchon aeroporti bilan sheriklikda boshqariladi

07:39 / 01.05.2025