Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sergelida yangi barpo etilgan yo‘l bo‘ylab qurilgan devorning bir qismi quladi
Joriy yilning 22 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Sergeli tumanidagi yangi barpo etilgan yo‘l bo‘ylab qurilgan yig‘ma devorning bir qismi qulagani to‘g‘risida video tarqaldi.
Tuman hokimligi rasmiy xabariga ko‘ra, Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lumotida joriy yilning 21-24 may kunlari kuchli shamol esishi to‘g‘risida ogohlantirilgan.
“Shu bilan birga, mazkur hudud bo‘ylab ushbu devor ortida katta ochiq maydon bo‘lgani sababli, shamolning bir qancha kuchli bo‘lganligi kuzatildi”, deyiladi rasmiy izohda.
Qayd etilishicha, Sergeli tumani hokimligi tomonidan mazkur holat bo‘yicha o‘rganish o‘tkazilgan bo‘lib, o‘rganish natijalariga ko‘ra, ushbu kamchilik pudratchining devorni mustahkam o‘rnatmagani bilan bog‘liq bo‘lgani sababli pudratchi devorni o‘z hisobidan ta’mirlashga kirishgan.
Sergeli tuman hokimligi tumanni obodonlashtirish hamda bu kabi kamchiliklarni aniqlashda faol bo‘lgan fuqarolarga o‘z minnatdorchiligini bildirgan.
Mavzuga oid
16:42 / 14.05.2025
Toshkentdagi omborxonada yuz bergan katta yong‘in o‘chirildi
10:02 / 10.04.2025
Toshkentda yong‘in chiqqan uyda ikki yigit pichoqlangani ma’lum bo‘ldi
10:51 / 08.04.2025
Sergelidagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
22:38 / 23.03.2025