Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAAda maymun bezgagi kasalligini yuqtirish bilan bog‘liq ilk holat aniqlandi
Kasallik G‘arbiy Afrikadan BAAga kelgan 29 yoshli ayolda aniqlangan.
BAA sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda maymun bezgagi kasalligini yuqtirish bilan bog‘liq birinchi holat qayd etilganini ma’lum qildi. Bu haqda WAM agentligi xabar berdi.
"G‘arbiy Afrikadan BAAga kelgan 29 yoshli ayolda maymun bezgagi kasalligi aniqlandi, u tibbiy kuzatuv ostida va kerakli tibbiy yordamni olmoqda", - deyiladi agentlik xabarida.
20 may kuni Germaniyada infeksiyaning birinchi holati aniqlangan. Bungacha Yevropada, jumladan, Buyuk Britaniya, Portugaliya, Ispaniya, Italiya, Fransiya va Belgiyada bu kasallikni yuqtirish bilan bog‘liq holatlar kuzatilgandi.
Hozirgi kunga qadar Yevropa va Shimoliy Amerikada odamlarda maymun chechagi infeksiyasining yuzdan ortiq holatlari qayd etilgan.
Germaniyada maymun chechagi kasalligini yuqtirganlar uchun 21 kunlik karantin joriy etildi.
Mavzuga oid
22:27 / 19.05.2025
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi
18:41 / 16.05.2025
Suriya Rossiyani Tartus portidan chiqarib yubordi va uni BAAga topshirdi
11:02 / 16.05.2025
Trampning BAAga tashrifi: 1,4 trillionlik va’da va AQSh tashqarisidagi eng yirik AI markazi
03:00 / 08.05.2025