Jahon | 13:45 / 24.05.2022
27203
6 daqiqa o‘qiladi

Donbassda harbiy harakatlar davom etmoqda, Kiyevda rus kemasiga atalgan yangi pochta markasi. Urush suratlari

Ukrainada urushning 89-kuni o‘tdi.

Filippinning lavozimdan ketayotgan prezidenti Rodrigo Duterte Rossiya prezidenti Vladimir Putinni keskin tanqid qildi. U o‘zini Putin kabi qotil deb atashsa-da, undan farq qilishini aytdi: «Men jinoyatchilarni o‘ldirganman, bolalar va keksalarni emas».
King Rodriguez/ Malacanang Presidential Photographers Division via AP

Rossiya Donbassda yurish qilishda davom etmoqda. 23 may kuni kechqurungi murojaatida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy rossiyalik harbiylar ayniqsa Baxmut, Popasnaya va Severodonetsk yo‘nalishlarida faol harakatlanayotganini aytdi. Xarkov yo‘nalishida Rossiya chekinmoqda, ammo Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabiga ko‘ra, avval egallangan pozitsiyalarni saqlab qolish uchun harbiy harakatlarni davom ettirmoqda.  Mariupolda epidemiya xavfi ortmoqda: shahar meri maslahatchisi Petro Andryushchenkoning so‘zlariga ko‘ra, kuchli yomg‘irlar shaharga chiqindi va jasad zahrini tarqatmoqda. Kiyev sudida rossiyalik serjant Vadim Shishimarin tinch aholi vakilini o‘ldirgani uchun umrbod qamaldi. Britaniya razvedkasi ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya urushning uch oyida SSSR Afg‘onistonda to‘qqiz yil davomida yo‘qotganidan ko‘proq harbiysidan ayrilgan bo‘lishi mumkin. BMT hisoblariga ko‘ra, tarixda ilk bor dunyo bo‘ylab qochqinlar soni 100 million kishidan oshdi.

Quyida 23 may kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Donbass shimoli

Lisichansk atrofi — bu shahar Donbass uchun janglardagi eng qaynoq nuqtaga aylangan. 23 may kungi kechqurungi murojaatida prezident Volodimir Zelenskiy shunday dedi: «Donbassda hozir vaziyat juda og‘ir. Baxmut, Popasnaya, Severodonetsk — rossiyalik harbiylar shu yo‘nalishlarda ayniqsa faol harakatlanmoqda. Hech kim Donbassni rossiyalik harbiylar qilayotganidek vayron qilmagan»
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Lisichansk yaqinida Ukraina armiyasining shikastlangan zirhli texnikasi oldida turgan ukrainalik harbiy. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Donbass uchun janglarda Rossiya armiyasida ukrainlarnikiga qaraganda 20 barobar ko‘p texnika qatnashmoqda.
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Lisichansk yaqinida zarbaga uchragan «Jiguli» oldida turgan ukrainalik harbiy
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Donetsk oblastidagi Baxmut shahrida zarbalardan yashirinayotgan paramediklar. Shaharga hozirda Rossiya hujum qilmoqda.
Carlos Barria / Reuters / Scanpix / LETA
Tibbiy hamshira Severodonetskda mina portlashidan yaralangan bemorga qaramoqda. 
Francisco Seco / AP / Scanpix / LETA
Baxmutdagi nazorat-o‘tkazuv punktida bolalar tomonidan chizilgan surat
Carlos Barria / Reuters / Scanpix / LETA

Kiyev 

23 may kuni Ukrainada «Russkiy voyennyy korabl — vse» yozuvli yangi pochta markasi sotuvga chiqarildi. Markaziy pochtamt oldida uni sotib olishni istagan yuzlab kishilar to‘plandi. Foto: Christopher Furlong / Getty Images
«Russkiy voyennyy korabl, idi na ***» iborasi aks etgan marka muvaffaqiyatidan keyin «Russkiy voyennyy korabl — vse» markasini ham chiqarishga qaror qilishdi. Bu ibora ukrain harbiysi tomonidan Rossiya Qora dengiz floti flagmani bo‘lgan «Moskva» kreyseri ekipajining (keyinroq kreyser cho‘ktirib yuborildi) taslim bo‘lish haqidagi talabiga javoban aytilgandi. Bu 28 fevral kuni rossiyalik harbiylarning Zmeiniy oroliga hujumi vaqti ro‘y bergan. Foto: Edgar Su / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiyalik serjant Vadim Shishimarin sud zalida. 23 may kuni uni mahalliy aholi vakili qotilligida ayblab, umrbod qamoq jazosiga hukm qilishdi. Shishimarin o‘z aybiga iqror bo‘lgan va marhumning bevasidan kechirishini so‘ragan. U odam o‘ldirishni istamagani — ofitser talabi bilan o‘q uzganini aytgan. Foto: Sergei Supinsky / AFP / Scanpix / LETA
Rossiyaga qarshi urushda halok bo‘lgan vatan himoyachilari yodgorlik devori oldidan o‘tayotgan keksa yoshli ayol. AP Photo/Natacha Pisarenko
Kiyev yaqinidagi Dmitrivka qishlog‘i atrofidagi janglarda vayron qilingan rus harbiy texnikalari
AP Photo/Efrem Lukatsky, File

Xarkov 

85 yoshli Lyudmila o‘z bog‘ini parvarish qilmoqda. Rossiya Xarkov atrofidan chekinmoqda va shahar odatiy hayot tarziga qayta boshlagan.
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Xarkovdagi bombardimon qilingan uylardan biridagi oilaviy surat
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Ikki go‘rkov — aka-ukalar (ular avval sovetlar armiyasida xizmat qilishgan) yer ostidan rossiyalik soldat jasadini chiqarib olmoqda
John Moore / Getty Images
Oziq-ovqat tarqatish punktida un uchun navbat
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA

Bucha 

Kelib chiqishiga ko‘ra ukrain bo‘lgan kanadalik rassom Ivanka Siolkovski Buchada o‘q va snaryad parchalari ilma-teshik qilgan darvoza va devorlarni gullar bilan bezamoqda. Foto: Christopher Furlong / Getty Images
Siolkovski urush boshlangan vaqtdayoq qochqinlarga yordam ko‘rsatish uchun Torontodan Ukraina-Polsha chegarasiga yetib kelgan, Ukraina shimoli ozod etilgach, u Buchaga keldi. Foto: Christopher Furlong / Getty Images
Gullar chizish g‘oyasi Siolkovskiga mahalliy aholi vakillaridan biri bilan gaplashganidan keyin kelgan. U shunday degandi: «Devordagi o‘q teshiklari menga yo‘qotilgan barcha narsani eslatadi» Foto: Christopher Furlong / Getty Images

Mavzuga oid