Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada maymun chechagi kasalligini yuqtirganlar uchun karantin joriy etildi
Ushbu kasallikka chalinganlar bilan muloqotda bo‘lganlar ham izolyatsiyaga olinishi “qat’iy” tavsiya qilinmoqda.
Germaniya sog‘liqni saqlash vaziri Karl Lauterbah mamlakatda maymun chechagi kasalligini yuqtirganlar uchun karantin joriy etilganini e’lon qildi.
"Bugundan Robert Koh instituti tavsiyalarini amalga tatbiq etdik - maymun chechagi kasalligini yuqtirganlar kamida 21 kun izolyatsiya qilinishi lozim", - dedi Lauterbah.
Uning so‘zlariga ko‘ra, maymun chechagi kasalligiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lganlar ham izolyatsiyaga olinishi “qat’iy tavsiya qilinadi”.
Odamlarda maymun chechagi bilan kasallanish holatlari hozirgacha asosan Afrikaning ba’zi qismlarida ma’lum bo‘lgan. 20 may kuni Germaniyada infeksiyaning birinchi holati aniqlangan. Bungacha Yevropada, jumladan, Buyuk Britaniya, Portugaliya, Ispaniya, Italiya, Fransiya va Belgiyada bu yuqumli kasallikning bir necha holati kuzatilgan edi.
Hozirgi kunga qadar Yevropa va Shimoliy Amerikada odamlarda maymun chechagi infeksiyasining yuzdan ortiq holatlari qayd etilgan.
Mavzuga oid
12:02 / 24.02.2025
Tramp Germaniyadagi saylovlarning dastlabki natijalariga munosabat bildirdi
10:38 / 24.02.2025
Germaniyada parlament saylovlari. Konservativlar birinchi o‘rinni egalladi
10:01 / 24.02.2025
Mers Germaniyada hukumatni tezroq shakllantirishga chaqirdi
09:10 / 24.02.2025