Jamiyat | 13:42 / 25.05.2022
19308
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: Maktablarda so‘nggi qo‘ng‘iroq chalindi

Kun.uz fotomuxbiri Andijon viloyatidagi so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlaridan fotoreportaj taqdim etadi.

Bugun, 25 may kuni Andijon viloyatida faoliyat yuritayotgan 743 ta umumta’lim maktabida so‘nggi qo‘ng‘iroq yangradi. Bu maktablarni 30 ming o‘quvchi bitirdi.

Barcha maktablarda O‘zbekiston Respublika Prezidentining bitiruvchilarga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi.

Qo‘liga shahodatnoma tekkan andijonlik bitiruvchilardan 2100 nafari a’lo bilimga egaligi bois xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritgan, ular oliygohga imtiyozli kirish huquqiga ega. 1191 nafar o‘quvchilar esa maktabni oltin medalga tamomladi.

E’tiboringizga Andijon shahridagi 13– hamda Oltinko‘l tumanidagi 1– o‘rta maktablarida bo‘lib o‘tgan so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari suratlarini taqdim etamiz.

Elmurod Ermatov,
Azizbek Ismoilov

Mavzuga oid