Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Texasdagi boshlang‘ich maktabda sodir bo‘lgan otishmada 21 kishi halok bo‘ldi
18 yoshli qotil politsiya tomonidan yo‘q qilindi.
Texas shtatining Yuvalde shahridagi boshlang‘ich maktabda sodir bo‘lgan otishmada 21 kishi — 18 nafar bola va uch nafar yoshi katta odam halok bo‘ldi, deya xabar berdi shtat senatori Roland Guterres mahalliy politsiyaga tayanib CNN telekanaliga.
Hodisa 24 may kuni sodir bo‘lgan. Voqea yuz bergan maktabda 7 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘qiydi.
Texas gubernatori Greg Ebbottning aytishicha, otishma sodir etgan shaxs 18 yoshli Salvador Ramos bo‘lib, u voqea joyiga yetib kelgan politsiya xodimlari tomonidan o‘ldirilgan. Politsiya xodimlaridan ikki nafari otishma vaqtida yengil jarohat olgan.
Ebbottning so‘zlariga ko‘ra, qotil mashinasini maktab binosi oldida qoldirib, to‘pponcha va ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, miltiq bilan maktabga kirgan. Ramos maktabga borishdan oldin buvisini otib tashlagan, u shifoxonalardan biriga joylashtirilgan.
AQSh prezidenti Jo Bayden halok bo‘lganlar xotirasiga bayroqlarni tushirib qo‘yish haqida topshiriq berdi, deya xabar qildi Oq uy.
Ma’lumot uchun, 1966 yili Texas universitetida sodir bo‘lgan otishma oqibatida 16 kishi halok bo‘lgan edi.
Mavzuga oid
20:12 / 22.05.2025
MRB shtab-kvartirasi yaqinida otishma sodir bo‘ldi
20:02 / 13.05.2025
Meksikada merlikka nomzod saylovoldi mitingida otib ketildi
19:05 / 05.05.2025
Dog‘istondagi otishmada uch politsiyachi halok bo‘ldi
21:57 / 02.05.2025