Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Xavfsizlik kengashi NATO kengayishi, Ukraina, Iroq va Gretsiya mavzularini muhokama qiladi
Xavfsizlik kengashi yig‘ilishi 26 may kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an boshchiligidagi Turkiya Xavfsizlik kengashi Finlandiya va Shvetsiyaning NATOga kirish bo‘yicha arizalari, Iroq shimolidagi aksilterror operatsiyasi o‘tkazilayotgan hududdagi vaziyat hamda Gretsiyaning harbiy salohiyati kuchayishi masalalarini muhokama qiladi. Bu haqda “Onado‘li” agentligi xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Xavfsizlik kengashi yig‘ilishi 26 may kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, yig‘ilish davomida Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi urush mavzusi ham ko‘rib chiqiladi.
Xabar qilinishicha, yig‘ilish qatnashchilari Egey va O‘rtayer dengizi sharqiy qismi borasidagi vaziyat, Turkiya va Shimoliy Kipr Turk Respublikasi manfaatlari va huquqlarini himoya qilish mavzusini batafsil muhokama qiladi.
Kengash a’zolari Turkiyaning janubiy chegaralarida xavfsizlik hududlarini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘rib chiqadi.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025