Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jazoir prezidenti ortiqcha gazni Italiyaga jo‘natishga va’da berdi
Shuningdek, Abdulmajid Tabbun Jazoir "Yevropaning bir qismini elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun Italiya bilan dengiz orqali tarmoq yaratish"ga tayyorligini bildirdi.
Jazoir ortiqcha gazni Italiyaga jo‘natishni ko‘zlamoqda, dedi Jazoir prezidenti Abdulmajid Tabbun.
"Biz ortiqcha gazni Italiyaning so‘roviga asosan bu mamlakatga jo‘natamiz, u esa bizning gazni Yevropaga tarqatishi mumkin bo‘ladi", - dedi Tabbun italiyalik hamkasbi Serjo Mattarella bilan birga o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
U shuningdek, Jazoir "Yevropaning bir qismini elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun Italiya bilan dengiz orqali tarmoq yaratish"ga tayyorligini bildirdi.
Tabbunning so‘zlariga ko‘ra, u italiyalik hamkasbi bilan Tunisni inqirozdan olib chiqishda yordam berishga kelishib olgan.
Mavzuga oid
14:59 / 27.05.2025
O‘zbekiston–Italiya: 33 yillik munosabatlarga nazar
10:02 / 26.05.2025
Jorja Meloni 28-29 may kunlari O‘zbekistonga keladi
11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
15:50 / 19.05.2025