Jahon | 23:00 / 27.05.2022
12905
2 daqiqa o‘qiladi

Eron Gretsiyaning ikki kemasini ushladi

Aprel o‘rtalarida Gretsiya Rossiya bayrog‘i ostida Eron neftini olib ketayotgan Lana tankerini ushlagandi.

Foto: Getty Images

Eron islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi kuchlari Fors ko‘rfazida Gretsiyaning ikki tankerini ushladi. Bu haqda IRNA agentligi xabar berdi.

Xabar qilinishicha, Eron harbiy-dengiz kuchlari vertolyoti Fors ko‘rfazida  Gretsiya bayrog‘i ostida suzayotgan Delta Poseidon kemasi bortiga  qo‘ngan. So‘ngra kema ekipaji, jumladan, ikki nafar gretsiyalik fuqaro qo‘lga olingan. Eron sohili yaqinida suzayotgan Prudent Warrior grek kemasi bilan ham xuddi shu holat yuz bergan. 

Gretsiya tashqi ishlar vazirligi Eronning bu harakatini keskin qoraladi. 

Avvalroq Nournews agentligi Eron hukumati Eron neftini olib ketayotgan tanker Gretsiya tomonidan ushlangani sababli javob "jazo choralari"ni ko‘rishga qaror qilgani haqida xabar bergandi. 

Aprel o‘rtalarida Gretsiyada Rossiya bayrog‘i ostida Eron neftini olib ketayotgan Lana tankeri ushlangandi. Xabarlarga ko‘ra, Afina neftni AQShga berishga qaror qilgan. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid