Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand viloyatida imtihonsiz «prava» olib berishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi
Avtomaktab mas’ul xodimi bu ish uchun 3 million so‘m pora olgan.
Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida 3 mln so‘m evaziga ikki kishiga imtihonlarsiz, qisqa muddatda haydovchlik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Ichki ishlar vazirligi shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmaga Kattaqo‘rg‘on tumanidagi o‘quv maktablaridan birida shaxs fuqarolarning ishonchiga kirib, o‘quv mashg‘ulotlari va imtihonlarda qatnashmasa-da, qisqa muddat ichida haydovchilik guvohnomasi berishi va moddiy manfaat orttirib kelayotgani haqida tezkor ma’lumot kelib tushgan.
Ushbu ma’lumotning haqqoniyligi tekshirilganida, u ikki kishiga - Narpay tumani Guliston mahallasida yashovchi 39 yoshli kishiga hamda Kattaqo‘rg‘on tumani Uzunbo‘z qishlog‘ida yashovchi 47 yoshli fuqaroga avtomaktabda o‘qimagan bo‘lsa-da, o‘qigani haqidagi hujjatlar tayyorlab, haydovchilik guvohnomalari olib berishi, evaziga 3 million so‘m talab qilgani haqidagi so‘zlari ovoz yozib olish moslamasiga yozib olingan.
Fuqarolardan biri ariza bilan murojaat qilgan va avtomaktab mas’ul xodimiga chora ko‘rishni so‘ragan. Mazkur arizaga binoan, 23 may kuni IIV shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi, Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Kattaqo‘rg‘on shahar IIB tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda avtomaktab mas’ul xodimi fuqarodan 3 million so‘m pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mavzuga oid
14:57 / 09.05.2025
Samarqand shahridagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi. 6 kishi halok bo‘lgan
12:20 / 05.05.2025
10 metrlik jarlik ichidagi changalzorga tushib ketgan ikki kishi qutqarildi
10:20 / 05.05.2025
Nurobodda qariyb 17 ming gektar maydonda zararli chigirtkalar tarqalgani aniqlandi
13:52 / 09.03.2025