Jahon | 13:43 / 31.05.2022
26133
5 daqiqa o‘qiladi

Donetskda maktabga hujum, Baxmutdagi vayrongarchiliklar. Urush suratlari

Urushning 96-kunida rossiyalik harbiylar Severodonetskka kira boshladi. 97-kunga kelib esa, Lugansk oblasti ma’muriyati rahbari Sergey Gaydayning ma’lum qilishicha, rossiyalik harbiylar Severodonetskning bir qismini egallagan. Donbassdagi Lisichansk va Baxmut shaharlari uchun ham janglar davom etmoqda. Mariupolda shahar aholisidan RF pasportlarini tarqatish uchun hujjatlar qabul qilish boshlangan. AQSh prezidenti Jo Bayden Vashington snaryadlari Rossiya hududiga yetib borishi mumkin bo‘lgan baravar o‘t ochish reaktiv tizimlarini Ukrainaga yubormasligini aytdi.

Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen YeI yetakchilarining navbatdagi sammiti arafasida OAV vakillari bilan suhbatlashmoqda. YeI davlatlari yetakchilari dushanba kuni Ukrainaga yordam ko‘rsatish masalasida yig‘ilishdi. Foto: AP Photo/Geert Vanden Wijngaert

Kiyev

Irpendagi vayron bo‘lgan binoga qarayotgan bolakay. Shahar mart oxiriga qadar rossiyaliklar okkupatsiyasida bo‘lgan. Mer Aleksandr Markushinning so‘zlariga ko‘ra, shahardagi binolarning 70 foizi vayron bo‘lgan. Foto: Natacha Pisarenko / AP / Scanpix / LETA
Fransiyaning yangi tashqi ishlar vaziri Katerina Kolonna Buchaga tashrif buyurdi
AP Photo/Natacha Pisarenko
Irpendagi vayron bo‘lgan uylar oldidagi arg‘imchoqda o‘tirgan qizaloq
AP Photo/Natacha Pisarenko
Irpenga hujumlar chog‘ida vayron bo‘lgan uylar o‘rtasidagi bog‘da onasi yonida o‘ynayotgan bolakay
AP Photo/Natacha Pisarenko
Andrey Petrovich va Valik Vladimirovich Kiyev atrofidagi Stoyankada askarlar libosida suratga tushishmoqda
AP Photo/Natacha Pisarenko

Mariupol 

RF qurolli kuchlarining zirhli kateri Azov dengizi akvatoriyasida, Mariupol atrofidagi suvlarda. Bir necha kun oldin Mariupoldagi portga ilk kema kirgandi — «Slavutich» yuk tashuvchi kemasi. Unga Rostovga olib ketish uchun mo‘ljallangan metallar yuklangan. Foto: Vladimir Gerdo / TASS

Donetsk

DXR kuchlari nazoratidagi hududdagi 22-sonli maktab ko‘rinishi. DXR rasmiylariga ko‘ra, shahar Ukraina qurolli kuchlari tomonidan o‘qqa tutilgan, olti kishi halok bo‘lgan. Foto: Valentin Sprinchak / TASS
Donetsk o‘qqa tutilishi oqibatida halok bo‘lgan ayol. Foto: Valentin Sprinchak / TASS
Donetsk oblasti hududidagi ukrain tanklari. Foto: AP Photo/Francisco Seco

Donbass shimoli

Ukrain va rus harbiylari o‘rtasida janglar ketayotgan Severodonetskda ko‘tarilgan tutun. RF qurolli kuchlari shaharni qurshovga olishga intilmoqda. Hozirda Donbass shimolining juda ko‘p joylarida qaqshatqich janglar ketmoqda. Foto: Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Baxmut o‘qqa tutilishi vaqtida vayron bo‘lgan bino. Rossiyalik harbiylar bu shaharga tobora yaqinlashmoqda.
Francisco Seco / AP / Scanpix / LETA
Baxmutdagi vayron bo‘lgan uylar orasidagi mushuk. Foto: Serhii Nuzhnenko / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiy xizmatchi ayol okopda
Serhii Nuzhnenko / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrain harbiylarining Baxmutdagi pozitsiyasi
Serhii Nuzhnenko / Reuters / Scanpix / LETA
Lisichansk aholisi vakili yonayotgan garaj oldida. Rossiya harbiylari shaharni egallash uchun yurish qilmoqda.
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA

Xarkov oblasti 

Xarkovda vayron bo‘lgan ko‘prik. Rossiya harbiylari shaharni egallash uchun muvaffaqiyatsiz urinishlardan so‘ng may oyi o‘rtalarida bu shahar atrofidan chekingandi, ammo shu kunlarda shahar yana o‘qqa tutilmoqda. Foto: Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA
Ukraina hududiy mudofaa kuchlari jangchilari front chizig‘idan qaytgach, dam olishmoqda
AP Photo/Bernat Armangue
Ukraina mudofaa kuchlari jangchilari. Foto: Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Xarkovga berilgan zarbalardan keyin chiqqan yong‘in. Oblast harbiy prokuraturasi ma’lumotiga ko‘ra, tinch aholi vakillaridan uch kishi jabrlangan. Shahar bir necha kun oldin o‘qqa tutilganida to‘qqiz kishi halok bo‘lgandi. Foto: Carol Guzy / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA

Mavzuga oid