Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 08:16 / 31.05.2022
4025
2 daqiqa o‘qiladi
«Elektron advokatlik orderi»ni berish yo‘lga qo‘yiladi
“Advokatura faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
“Huquqiy axborot” kanali xabariga ko‘ra, 2023 yil 1 fevraldan:
- QR-kod qo‘yilgan “Elektron advokatlik orderi”ni berish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;
- order qog‘oz shaklda rasmiylashtirilganida, “Yuridik yordam” axborot tizimiga kiritiladi;
- advokat so‘rovi shakliga qo‘yilgan talablar, shu jumladan unga orderning ko‘chirma nusxasini ilova qilish, orderni qayd etish daftarini yuritish talablari bekor qilinadi.
“Yuridik yordam” axborot tizimi joriy etilishi munosabati bilan:
- davlat hisobidan advokatlarni ishga jalb etish elektron tartibda tasodifiy tanlash yo‘li bilan aniqlanadi;
- advokatlarning onlayn malaka oshirishini tashkil etish va malaka oshirganligini tasdiqlovchi hujjatlarni elektron shaklda berish tartibi joriy etiladi;
- advokatlik tuzilmalaridan statistik ma’lumotlarni an’anaviy shaklda yig‘ish bekor qilinib, ular avtomatik ravishda umumlashtiriladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
00:50 / 21.01.2025
The Guardian: Xalqaro jinoiy sud «eng yomon ssenariyga» tayyorlanmoqda
07:50 / 26.08.2024
Profilaktika inspektori tomonidan himoya orderi tashabbus tartibida berilishi yo‘lga qo‘yiladi
08:07 / 18.07.2023
6 oyda 19 mingga yaqin xotin-qizlarga himoya orderi berilgan
10:42 / 15.06.2023