O‘zbekiston | 09:00 / 01.06.2022
11908
3 daqiqa o‘qiladi

ERIELL: bola uchun asosiysi bu - g‘amxo‘rlik  

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan ERIELL Group alohida e’tibor va g‘amxo‘rlikka muhtoj bolalar uchun xayriya tadbirlari o‘tkazdi.  

Foto: ERIELL Group

Birinchi manzil Toshkent shahridagi «Semurg‘» nomli 560-maxsus maktabgacha ta’lim muassasasi bo‘ldi. Bu yerda bolalar tserebral falaji tashxisi bilan nogironlikka ega bo‘lgan 125 nafar bola tarbiyalanadi.

Bundan tashqari,  Toshkent viloyati Qibray tumanidagi psixofizik rivojlanishida muammolari bo‘lgan bolalar yashayotgan Maxsus Bolalik uyi tarbiyalanuvchilari uchun ham bayram tashkil etildi.  


 
Ma’lumki, ijobiy hissiyotlar, g‘amxo‘rlik har qanday bolaning holatiga juda yaxshi ta’sir ko‘rsatadi, shuning uchun bolalar bayrami o‘yinlar, bolalar sevgan qahramonlar bilan bevosita muloqotga boy bo‘ldi. Kompaniya tomonidan taklif qilingan animatorlar kichkintoylar bilan tezda til topishib olishdi, ularni kuldirib, ko‘ngillarini ko‘tarishdi.


 
 Superqahramon bo‘lishni orzu qilgan bolalar kitobining mashhur qahramoni sherbachcha Leo bolalarning alohida qiziqishiga sabab bo‘ldi. Sher bolasiga uning ota-onasi o‘z zaminini himoya qilgan, undan olinadigan boyliklarni tejaydiganlargina superqahramon bo‘lishini uqtirishgan. Sherbachcha gaz va neft qanday qazib olinishi, elektr energiyasi qanday olinishi to‘g‘risida bilib oldi. Yer kurrasini himoya qilish uchun energiya zaxiralarini hatto uyda ham tejab ishlatish mumkinligini yaxshi tushunib oldi.

Super Leo kitobi mamlakatimiz Energetika vazirligi va ERIELL Group bilan hamkorlikda nashr etilib, hozirda ko‘plab bolalar bog‘chalari va kutubxonalarga tarqatilgan.

Kitob qahramoni bolalar hayotiga kirib bordi,  bolalar muassasalaridagi bayramlarda bolajonlarning jon-u diliga aylandi. Bolalar bu yerda davlatimizning ERIELL kabi tashkilotlari g‘amxo‘rligi ostida nafaqat o‘sib-unishi, balki hayotdagi muhim va foydali narsalar haqida ham tushunchaga ega bo‘lishlari kerak. Va albatta, har bir bola sovg‘a olib, dasturxon atrofida quvnoq kayfiyatda o‘tirgan bugungi kundagi kabi har doim mehrni his qilib yashashi kerak.


 
Bolalar bilan bu kabi uchrashuvlar kompaniyamiz uchun an’anaviy bo‘lib qolgan. Va kompaniya bolalarga nafaqat xursandchilik ulashadi, balki ular yashaydigan maxsus muassasalarni ta’mirlash va uskunalar bilan ta’minlash kabi mas’uliyatli ishlarni amalga oshirishda ham faol ishtirok etadi.

ERIELL Group matbuot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid