O‘zbekiston | 19:10 / 01.06.2022
11100
1 daqiqa o‘qiladi

Fotoreportaj: «Vaqf» fondi 60 dan ortiq bolalarning xatna to‘yini o‘tkazib berdi

Foto: KUN.UZ

Bugun, 1 iyun - «Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni» munosabati bilan «VAQF» xayriya jamoat fondi Toshkent shahar filiali tomonidan bolalar uchun bayram tadbiri tashkil qilindi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

«Bolalar jannatning go‘zal kapalaklaridir» shiori ostida o‘tkazilgan tadbir doirasida fond hamda homiylar ko‘magida poytaxt masjidlari texnik xodimlari va ehtiyojmand oilalarning 63 nafar farzandlariga xatna to‘yi o‘tkazildi.

Bundan tashqari, tadbirda bolalar va ularning yaqinlari uchun bayram dasturxoni yozilib, ko‘plab sovg‘alar tarqatildi.

Mavzuga oid