Jamiyat | 14:28 / 01.06.2022
17500
3 daqiqa o‘qiladi

“Hindistondamiz, yurtdoshlarimiz bergan ovqatlarni yeb tirikchilik qilyapmiz” – musofirlikda dard bilan sinalayotgan oila 

Ikki farzandning otasi Omadjon Gapirovning umri 6 yildan beri shifoxonalarda o‘tmoqda. Hozir bemor va uning turmush o‘rtog‘i Hindistonda. O‘tkazilgan jigar ko‘chirish jarrohlik amaliyotida Xurshida Muhammadjonova eriga donorlik qilgan. 

Andijon viloyatining Xonobod tumanidagi kamxarjgina oilaning boshiga yana bir kulfat tushdi. Ikki farzandning otasi Omadjon Gapirovning umri 6 yildan beri shifoxonalarda o‘tmoqda. Jigar sirrozi degan dardning dastidan bormagan joyi, ko‘rinmagan shifokori qolmadi. Xastalikning kundan kunga zo‘rayib borayotgani sabab uning hayotini saqlab qolish uchun jigar ko‘chirish operatsiyasi zarurligi aytiladi. Shundan so‘ng oila yaqinlari va yaxshi insonlar ko‘magida bor mablag‘larini olib xorijga jo‘nab ketadi.

Hozir bemor va uning turmush o‘rtog‘i Hindistonda. O‘tkazilgan jigar ko‘chirish jarrohlik amaliyotida Xurshida Muhammadjonova eriga donorlik qilgan. Ikkala bemorning ham ahvoli qoniqarli bo‘lsa-da, moddiy yetishmovchilik sabab vatandoshlaridan yordam so‘rashmoqda.

“Operatsiyamiz muvaffaqiyatli o‘tdi, lekin hamma xarajatlar uchun to‘lov qila olmadik. 18 ming dollar to‘ladik, lekin operatsiyadan keyingi muolajalarni yakunlash, kerakli dorilarni olish uchun yana 10 ming dollar qarzimiz qolgan. Shu pulni to‘laganimizdan keyin bizga javob berishadi.

Ikki farzandimiz O‘zbekistonda keksa ota-onamizning qo‘lida qolgan. Hamma to‘lovlarni qilishimiz uchun bizga yordam kerak. Hozir yeb-ichishga ham pulimiz qolmagan. O‘zbekistondan kelgan odamlardan pul olib ishlatib turibmiz. Musofirchilikda bu ahvolda qolish og‘ir ekan, ancha qiynaldik”, – deydi o‘zi ham og‘ir operatsiyani boshdan kechirgan Xurshida.

Bu oilani dard yanada yaqinlashtirgan. Farzandlarining otasiz qolmasligi uchun kurashayotgan ona, juftining sog‘ayishi uchun yarimjonlikni bo‘yniga olayotgan ayolning nolasi yaxshilarni befarq qoldirmasligi aniq. 

Omadjon Gapirovga oid ma’lumotlar:

Uzcard: 8600 0304 4372 2206 turmush o‘rtog‘i Xurshida Muhammadjonova nomida

Humo: 9860 0301 7649 8480 qarindoshi Muyassar Botirova nomida

Sberbank: 5228 6005 6418 9787 opasi Mohidil Ahmadjonova nomida 

Mavzuga oid