Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat muzeylari mustaqillik yillarida yaratilgan san’at asarlarini aholidan sotib oladi
Prezident “Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Aholidagi madaniy boyliklarni davlat muzeylari tomonidan qabul qilib olishni rag‘batlantirish va ommalashtirishga qaratilgan “Milliy merosga mening hissam!” umumxalq aksiyasi 2022 yil 1 iyuldan boshlab tashkil etiladi va doimiy ravishda o‘tkazib boriladi.
“Milliy merosga mening hissam!” umumxalq aksiyasi doirasida:
- davlat muzeylariga madaniy boyliklarni, shu jumladan, mustaqillik yillarida yaratilgan, yuksak badiiy qiymatga ega bo‘lgan tasviriy va amaliy san’at asarlarini xarid qilish uchun 2022 yil 1 iyuldan boshlab har yili Madaniy meros jamg‘armasiga Davlat budjetidan madaniy meros va muzeylar sohasiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan qo‘shimcha 3 milliard so‘mdan hamda hududlardagi tegishli davlat muzeylariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjetlari va Toshkent shahri shahar budjetidan 500 million so‘mdan mablag‘ ajratib boriladi, amaliy talab inobatga olingan holda ushbu mablag‘ miqdori oshirilishi mumkin;
- ommaviy axborot vositalari, Internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng ko‘lamda targ‘ibot-tashviqot ishlari hamda joylarda ekspeditsiyalar tashkil etiladi;
- madaniy boyliklarni aniqlash va davlat muzeylariga topshirishda faol ishtirok etgan aholi vakillarining namunali faoliyati keng targ‘ib etiladi hamda ular qo‘llab-quvvatlanadi;
- har yili davlat muzeylariga aholidan xarid qilib olingan madaniy boyliklar ko‘rgazmasi tashkil etiladi hamda ular haqidagi ma’lumotlar Madaniy meros agentligi va tegishli davlat muzeyining rasmiy veb-saytiga majburiy tartibda joylashtirib boriladi.
Madaniy meros agentligi Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
- har yili “Milliy merosga mening hissam!” umumxalq aksiyasini yil davomida yuqori saviyada o‘tkazish va unda faol ishtirok etgan shaxslarni munosib rag‘batlantirish;
- 2022 yil yakuniga qadar aholidan madaniy boyliklarni qabul qilib olish (xarid qilish) jarayonini raqamlashtirish chora-tadbirlarini ko‘radi.
Mavzuga oid
11:05 / 10.05.2025
Niderlandiyada Ikkinchi jahon urushi davrida qurbon bo‘lgan o‘zbeklar xotirasiga bag‘ishlangan muzey ochildi
11:50 / 22.02.2025
“Titanik” chekuv xonasidagi oltin qandil AQShda muzeyga qo‘yildi
13:30 / 11.02.2025
40 xonali katta bino – Navoiy tug‘ilgan kunda uning muzeyiga borish nega noqulay?
01:32 / 26.01.2025