Jahon | 14:02 / 03.06.2022
37141
4 daqiqa o‘qiladi

Donbassda janglar davom etmoqda. Frontning ikki tomonidan fotoreportaj

Urushning 99-kuni o‘tdi. Rossiya Xarkovni o‘qqa tutishda va Donbass shimolida yurish qilishda davom etmoqda. Zaporojye oblastining «yangi ma’muriyati» Ukrainaning regiondagi mulkini «milliylashtirish» haqida qaror chiqardi. Anadolu agentligi Rossiya, Ukraina, Turkiya va BMT ukrain portlaridan bug‘doy ortilgan kemalar chiqishini ta’minlash uchun «yo‘l xaritasi» tayyorlayotganini xabar qildi. Yevroittifoq sanksiyalarning oltinchi paketini qabul qildi. «Meduza» o‘tgan kunda frontning ikki tomonida olingan suratlarni e’lon qildi.

Germaniya kansleri Olaf Shols Berlinda Ukraina parlamenti spikeri Ruslan Shtevanchuk bilan ko‘rishmoqda
Michael Kappeler/dpa via AP

Urushning 100-kuni. Asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushning 100-kuni boshlandi. «Meduza» manbalariga ko‘ra, rossiyaliklarda harbiylar shu muddat ichida ham oldinga qo‘yilgan vazifalarga erishilmagani bo‘yicha savollar tug‘ilmasligi uchun Kreml ta’siridagi nashrlarga bu sanaga e’tibor qaratmaslik bo‘yicha topshiriq berilgan.
  • Severodonetsk markazida hamon janglar davom etmoqda. Ukraina Xerson oblastida 20 ta aholi punkti ozod etilganini xabar qilgan.
  • Bugun Senegal prezidenti va Afrika ittifoqi raisi Maki Sall Vladimir Putin bilan uchrashadi. Uning yordamchisining so‘zlariga ko‘ra, u rossiyaliklar prezidentidan Ukrainadan bug‘doy va boshqa mahsulotlar yetkazib berilishiga qo‘yilgan to‘siqlarni olib tashlashni so‘ramoqchi. 
  • Afrikaning ko‘plab mamlakatlari Ukraina va Rossiyadan oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilishiga haddan tashqari qaram, rossiyaliklarning ukrain portlarini blokada qilishi ularni ocharchilik yoqasiga keltirib qo‘ygan. Shu bilan birga Afrikaning ko‘plab davlatlari bu urushda Ukrainani qo‘llab-quvvatlamayapti.

Quyida urushning 99-kunida olingan suratlar.

Xarkov 

Xarkovdagi maktab o‘qqa tutilishi chog‘ida halok bo‘lgan ayol jasadi zinada yotibdi. May oyi boshida harbiy ekspertlar Ukraina «Xarkov uchun jang»da g‘olib bo‘lganini aytgan va shahar tinch hayotga qayta boshlagandi, ammo Rossiya kichik tanaffusdan keyin shaharni yana o‘qqa tuta boshladi.
Carol Guzy / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Maktab binosi yaqinida sochilib yotgan ingliz tilini o‘rganishda qo‘llanadigan kartochkalar
Ivan Alvarado / Reuters / Scanpix / LETA
Xarkovda o‘qqa tutilgan maktab binosi yonidagi ko‘chada yotgan ingliz tilini o‘rganish qo‘llanmasi
Ivan Alvarado / Reuters / Scanpix / LETA
So‘nggi qo‘ng‘iroq o‘tkazilishiga tayyorgarlik ko‘rilgan maktabning vayron bo‘lgan kutubxonasi
AP Photo/Andrii Marienko
Zarbaga uchragan binolar hovlisida skuter uchayotgan qizaloq
AP Photo/Natacha Pisarenko

Donbass shimoli. Frontning Ukraina tomoni

Severodonetsk ustida ko‘tarilgan tutun. Shahar uchun janglar davom etmoqda
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Ukraina sharqidagi Slavyansk shahri aholisi evakuatsiyani kutmoqda
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Ukraina armiyasining yaralangan harbiy xizmatchisini front chizig‘idan olib ketishmoqda
Serhii Nuzhnenko / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina armiyasi safida jang qilayotgan xorijlik ko‘ngillilar otryadi
Serhii Nuzhnenko / Reuters / Scanpix / LETA
Front chizig‘i yaqinidagi uyda devorga chizilgan artilleriya orqali mo‘ljalga olish uchun eslatma
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA

Donbass shimoli. Frontning Rossiya tomoni 

«DXR» ayirmachilari sovetlarning «Giatsint-B» zambaragidan o‘t ochishga tayyorlanmoqda. Donetsk oblasti, Avdeyevka posyolkasi
Alessandro Guerra / EPA / Scanpix / LETA
«Giatsint-B» zambaragidan o‘q uzilishi
Alessandro Guerra / EPA / Scanpix / LETAAlessandro Guerra / EPA / Scanpix / LETA
Otilgan snaryadlardan qolgan gilzalar
Alessandro Guerra / EPA / Scanpix / LETA
Rossiyaparast kuchlar harbiylari jangovar piyodalar mashinasida Popasnaya shahri atrofida harakatlanmoqda, Lugansk oblasti
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiyalik harbiy ZALA dronini razvedka uchun uchirishga tayyorlamoqda
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Tsirk artisti Liliya Chernova va uning qizi Aleksandra o‘z uyidagi pichanxonadagi echkilarni tekshirmoqda. Popasnaya, Lugansk oblasti
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Mavzuga oid