Jahon | 16:49 / 03.06.2022
34027
2 daqiqa o‘qiladi

Serdar Berdimuhamedov Umra ziyoratini amalga oshirdi. Bu uning Turkmaniston prezidenti lavozimidagi ilk xorijiy safari

Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov joriy yil 1-2 iyun kunlari Saudiya Arabistoniga – Umra ziyoratini amalga oshirish uchun tashrif buyurdi. Bu haqda Turkmaniston davlat axborot agentligi ma’lum qildi.

Foto: Saudi press agency

Ma’lum qilinishicha, bu joriy yil mart oyida prezidentlikka saylangan Serdar Berdimuhamedovning xorijga ilk tashrifi hisoblanadi.

Foto: SPA  
Foto: SPA  

Serdar Berdimuhamedovga ziyorat davomida uning o‘g‘li Kerimguli, shuningdek mamlakatdagi yoshi katta otaxon va onaxonlar hamrohlik qilishgan. Turkmaniston rahbari Makka gubernatori va Saudiya Arabistoni qiroli maslahatchisi Xolid bin Faysal tomonidan kutib olingan hamda ziyorat davomida hamrohlik qilgan.

Ehrom kiygan Turkmaniston prezidenti va rasmiylari Jiddadagi Qirol Abdulaziz xalqaro aeroportida kutib olinmoqda.
Foto: SPA  

Tashrif doirasida kichik Berdimuhamedov Madina shahri gubernatori Faysal bin Salmon bilan ham uchrashuv o‘tkazgan.

Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Madina gubernatori Faysal bin Salmon.
Foto: SPA 

Xronika Turkmaniston nashri ziyoratdan so‘ng mahalliy nashrlar prezident ismi oldiga «Xoji» so‘zini qo‘shib ishlata boshlaganiga e’tibor qaratgan. Bunday holat 2016 yilda Umra ziyoratini amalga oshirgan Gurbanguli Berdimuhamedov bilan ham sodir bo‘lgandi.

Foto: SPA  
Foto: SPA  
Foto: SPA  

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 11 fevral kuni 15 yildan buyon Turkmaniston prezidenti lavozimida o‘tirgan Gurbanguli Berdimuhamedov mamlakat Xalq maslahati (parlament yuqori palatasi)ga raislik lavozimini saqlab qolgan holda, prezidentlikni yosh rahbarga topshirish niyati borligini ma’lum qildi.

Foto: Turkmenportal

12 mart kuni muddatidan oldin bo‘lib o‘tgan saylovlarda 72,97 foiz ovoz to‘plagan Arqadog‘ning o‘g‘li Serdar Berdimuhamedov yangi prezident etib saylangani e’lon qilindi.

Mavzuga oid