O‘zbekiston | 09:16 / 04.06.2022
13028
2 daqiqa o‘qiladi

Buxoro shahriga “Birinchi turkiy dunyo yoshlar tashabbuslari poytaxti” maqomi berildi

Buxoroda Turkiy davlatlar tashkilotining IV Yosh liderlar forumi bo‘lib o‘tmoqda. Forum doirasida “Turkiy dunyo yoshlari bog‘i” hamda “Buxoro shahri birinchi turkiy dunyo yoshlar tashabbuslari poytaxti” monumenti ochildi.

Foto: Buxoro viloyati hokimligi

Buxoro viloyati hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, forumda turkiy tilli davlatlardan kelgan yosh yetakchilar, ekspertlar, tadbirkorlar, san’at, madaniyat va sport, shuningdek, ommaviy axborot sohalari vakillari uchun guruhlarga bo‘lingan holda seminar-treninglar o‘tkazilgan. Shuningdek, Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo va kuzatuvchi maqomidagi mamlakatlarning yoshlar siyosatiga mas’ul davlat hamda nodavlat tashkilotlari rahbarlari bilan maslahatlashuv uchrashuvlari o‘tkazilib, hamkorlik bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan.

Foto: Buxoro viloyati hokimligi

Forumda “Buxoro shahri birinchi turkiy dunyo yoshlar tashabbuslari poytaxti” maqomini olgani to‘g‘risidagi maxsus sertifikat topshirilgan.

Foto: Buxoro viloyati hokimligi
Foto: Buxoro viloyati hokimligi

Ma’lumot uchun, Yosh liderlar forumi turizmni rivojlantirish, turkiy davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va o‘zaro tajriba almashish maqsadida tashkil etilgan. Forum 2018 yildan buyon Ozarboyjon, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Respublikalarida o‘tkazilgan.  

Foto: Buxoro viloyati hokimligi

Mavzuga oid