Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Interpol firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini Chexiyada qo‘lga oldi
O‘zbekiston va Chexiya Interpol MMB xodimlari tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida joriy yil may oyi oxirlarida firibgarlik jinoyatini sodir etgan va Interpol yo‘nalishi bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan 47 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Praga shahri hududida ekani aniqlanib, qo‘lga olindi.
Interpolning O‘zbekistondagi milliy markaziy byurosi xabariga ko‘ra, u O‘zbekiston fuqarolarining ishonchiga kirib, Chexiyaga jo‘natish va avtomobil ehtiyot qismlarini yig‘ishga ixtisoslashgan zavodga ishga joylashni va’da qilgan, buning uchun ulardan katta miqdordagi pul mablag‘larini olgan, biroq va’dasini bajarmagan. U o‘z firibgarlik qilmishlarini yakuniga yetkazib, mamlakatni tark etgan va chet elda yashiringan.
Shundan so‘ng Jizzax viloyati IIBdan olingan materiallarga ko‘ra, O‘zbekiston Interpol MMB xodimlari tomonidan qo‘lga olish va ekstraditsiya qilish maqsadida xalqaro qidiruv tashkilotiga qizil xabarnoma jo‘natilgan.
Bugungi kunda ikki davlat Interpol MMB xodimlarining amalga oshirgan muzokaralari va hamkorlikdagi tezkor harakatlari tufayli qidiruvdagi shaxs Chexiya hududida ushlangan hamda qonuniy chora ko‘rilishi uchun O‘zbekistonga yetkazilgan.
Mavzuga oid
18:05 / 26.05.2025
Qotillikda ayblanayotgan o‘zbekistonlik Salvadordan Rossiyaga ekstraditsiya qilindi
12:30 / 23.05.2025
Chexiya jurnalist Farida Qurbongaleyevani Rossiyaga topshirishdan bosh tortdi
23:16 / 21.05.2025
Chexiyada turistlar tog‘dan xazina topib oldi
15:26 / 21.05.2025