Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda «prava» olib berishni va’da qilgan o‘quv tashkiloti rahbari ushlandi
Toshkent shahrining Mirobod tumanida haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan o‘quv tashkiloti rahbari ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda IIBning Mirobod tuman bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, “Vatanparvar” tashkiloti “Chilonzor o‘quv sport texnika klubi” unitar korxonasi boshlig‘i F.E. fuqaro J.ga “S” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olish uchun 3 oylik o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashmasdan, o‘qiganlik haqidagi guvohnomani tayyorlab berishi evaziga dastlab 1,5 mln so‘mni qo‘lga kiritib, qolgan 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-9-moddasi (tijoratda pora evaziga og‘dirib olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mahkama xabarida aytilishicha, hozirgi vaqtda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Bundan oldin Samarqand viloyatida imtihonsiz “prava” olib berishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olingandi.
Mavzuga oid
22:08 / 02.05.2025
Toshkentda uyda giyohvand o‘simligini yetishtirgan shaxslar qo‘lga olindi
09:01 / 28.04.2025
Mirobod tumanida qurilish mahsulotlari omborida yong‘in sodir bo‘ldi
22:03 / 17.03.2025
Toshkentda Lacetti kanalga tushib ketdi
17:09 / 22.02.2025