Merkel: «Putin Yevropa Ittifoqini yo‘q qilishni xohlaydi»
Germaniya sobiq kansleri Angela Merkel mahalliy Der Spiegel nashriga intervyu berib, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini keskin qoraladi. Uning aytishicha, Rossiya prezidenti Putin Yevropa Ittifoqini yo‘q qilishni istaydi.
Merkel Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini katta xato deb atagan: «Bu xalqaro huquqqa zid bo‘lgan vahshiy harakatni oqlab bo‘lmaydi», dedi sobiq kansler. Uning fikricha, Putinning nafrati va dushmanligi G‘arb demokratik modeliga qaratilgan. «Putin Yevropani va Yevropa Ittifoqini yo‘q qilishni xohlaydi, chunki bu NATO tomon bosilgan ilk qadam deb o‘ylaydi», deb Merkel xonimning so‘zlarini keltirgan nashr.
Merkel Germaniyaning sobiq hukumati yetarli darajada xavfsizlik arxitekturasi qura olmaganini tan oldi. Sobiq kanslerni Rossiyaga nisbatan juda yumshoq munosabatda bo‘lganlikda ayblashadi, lekin u bu harakatlari uchun kechirim so‘rashni istamadi. Ammo Merkel xonim Rossiya Qrimni bosib olgani uchun keskinroq harakat qilish lozim bo‘lganini tan oldi.
Merkel nega 2008 yil Ukraina va Gruziyaning NATOga kirishiga qarshilik qilgani haqida ham gapirdi. «U vaqtda Ukraina hozir biz ko‘rayotgan davlat emasdi. Mamlakat Yanukovich va Yushenko o‘rtasida siyosiy bo‘lingan edi. O‘sha Ukraina ichki demokratik va barqaror davlat emasdi», dedi Merkel.
Sobiq kanslerning aytishicha, 2008 yil Putin Gruziya va Ukrainaning NATOga kirishiga yo‘l qo‘ymas, buni o‘ziga ochilgan urush deb qabul qilgan bo‘lardi: «Putin butun G‘arbni o‘zining dushmani deb biladi. Men bu qarashga qo‘shilmasam-da, uni provokatsiya qilishni istamagandim», deydi Merkel. Siyosatchi Putinning hozirgi harakatlarini oqlab bo‘lmasligini aytgan.
Mavzuga oid
11:10 / 22.11.2024
Merkel memuarida RFga nisbatan siyosatini himoya qilib chiqdi
13:43 / 21.11.2024
Germaniya Ukrainaga navbatdagi harbiy yordam partiyasini yubordi
21:36 / 20.11.2024
Ford kompaniyasi Germaniyada salkam 3 mingta ish o‘rnini qisqartiradi
19:34 / 20.11.2024