Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistondagi aksariyat xonadonlarda necha kishi istiqomat qilishi ma’lum qilindi
O‘zbekistonda 38,4 foiz uy xo‘jaliklarida 6 va undan ko‘p kishilar istiqomat qilmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Qo‘mitaga ko‘ra, uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022 yilning yanvar-may holatiga uy xo‘jaliklari a’zolarining soni bo‘yicha:
bir kishilik – 2,7 foiz;
ikki kishilik – 6,8 foiz;
uch kishilik – 11,1 foiz;
to‘rt kishilik – 18,5 foiz;
besh kishilik – 22,3 foiz;
olti va undan ko‘p kishilik – 38,4 foiz.
Bundan oldin O‘zbekistonda ayollar erkaklardan 4 yil ko‘proq umr ko‘rishi ma’lum bo‘lgandi.
Shuningdek, 2022 yil 1 yanvar holatiga respublikada 14–30 yoshdagi jami doimiy aholi soni 9 million 685 ming 564 nafarni tashkil etgan.
Mavzuga oid
10:40 / 28.05.2025
Oliy ta’lim tashkilotlarida qancha talaba tahsil olayotgani aytildi
11:13 / 27.05.2025
Qaysi hududda eng ko‘p nikoh qayd etilgani aytildi
13:07 / 26.05.2025
34 yilda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni qanchaga oshgani aytildi
11:21 / 23.05.2025