Toshkentda mehmonxona va do‘konlar tom qismida restoran va kafeteriylar ochilishi mumkin
Prezident Shavkat Mirziyoyev 7 iyun kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda viloyat hokimlari oldiga tegishli idora va tashkilotlar bilan birga servis va xizmat ko‘rsatish obektlarida yaratilgan doimiy yangi ish o‘rinlarini yarim yil yakuni bilan 300 mingtaga, yil yakuniga qadar esa 800 mingtaga yetkazish vazifasi qo‘yildi.
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning xabar berishicha, bu ko‘rsatkichlarni uddalash mumkinligi Buxoro viloyati misolida tushuntirilgan.
Misol uchun, Buxoro shahridagi tadbirkorlar eski shahardagi mehmonxona, oshxona, savdo do‘konlarining tom qismida restoran va kafeteriylar tashkil etgan.
Shu kabi shaharning 8 ta markaziy ko‘chasida joylashgan davlat tashkilotlarining 50 ga yaqin binolari 1-qavatida 100 dan ziyod restoran va kafeteriylar, servis joylarini tashkil etish imkoni mavjud.
Viloyat hokimlariga Buxoro tajribasini 28 ta shahar, barcha tuman markazlari hamda poytaxt tumanlarida joriy qilish topshirildi.
Iqtisodiy taraqqiyot vazirligiga respublika bo‘yicha davlat idoralarining balansidagi, yo‘l bo‘ylarida joylashgan 4 mingga yaqin ma’muriy binolaridan servis sohasida samarali foydalanish bo‘yicha dastur ishlab chiqishga ko‘rsatma berildi.
Yig‘ilishda oy yakuni bilan 25 mingta yer uchastkalarini servis va savdo obektlari uchun auksionga chiqarish shartligi ko‘rsatib o‘tildi.
Mavzuga oid
20:02 / 31.10.2024
Ishdan bo‘shatilgan xodim yashirin ravishda Disney restoranlaridagi menyularni o‘zgartirib qo‘ydi
12:48 / 21.10.2024
“700 ga yaqin umumiy ovqatlanish korxonalarining 75 foizida taomnoma o‘zbek tilida emas” – Raqobat qo‘mitasi
23:58 / 11.09.2024
Toshkentdagi restoranlardan birida ommaviy zaharlanish yuz berdi
10:00 / 09.09.2024