BAA kompaniyasi Samarqand va Toshkentga parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsat oldi
Vengriyaning «Wizz Air» loukosteri qoshidagi BAAda faoliyati yurituvchi shu’ba korxona O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsat oldi. Bu haqda Gazeta.uz yozmoqda.
O‘zbekistonning BAAdagi elchisi Abdulaziz Oqqulovning Gazeta.uz'ga ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Transport vazirligi Vengriyaning «Wizz Air» loukoster aviakompaniyasi shu’ba korxonasi bo‘lmish «Wizz Air Abu Dhabi»ga O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma bergan.
«Wizz Air Abu Dhabi» BAA poytaxti Abu Dabidan Samarqand va Toshkentga haftasiga 4 ta reys qo‘yishni rejalashtirgan. Elchining so‘zlariga ko‘ra, loukoster 298 ta ekonom klass o‘ringa ega Airbus A321 samolyotiga buyurtma bergan va loukoster sifatida yaxshi narxlar taklif qilmoqda.
Mavzuga oid
11:24 / 29.08.2024
OAV: BAA banklari Xitoy elektronikasi uchun Rossiyadan to‘lovlarni bloklamoqda
12:06 / 06.08.2024
BAA va Fransiya yetakchilari Yaqin Sharqdagi keskinlikni muhokama qildi
22:42 / 30.07.2024
Toshkentda Wizz Air aviakompaniyasi reysi 17 soatga kechiktirildi
21:38 / 24.04.2024