Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Paxta maydonida suvni tejaydigan texnologiyani qo‘llaganlarga subsidiya ajratiladi
Hukumat qarori bilan paxta va boshoqli don ekin maydonlarini sug‘orish uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda ko‘chma generatorlar kabi uskunalarni sotib olish xarajatlari bir qismini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
“Huquqiy axborot” kanali xabariga ko‘ra, talabgorlarga 10 gektardan kam bo‘lmagan, suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan paxta va boshoqli don ekin maydonlarini sug‘orish uchun:
qayta tiklanuvchi energiya manbalari uskunalarini sotib olish xarajatlari 50 foizigacha, biroq 100 mln so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda;
ko‘chma generatorlar uskunalarini sotib olish xarajatlari 30 foizigacha, biroq 30 mln so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda subsidiya beriladi.
Talabgorlar subsidiya ajratish yuzasidan ariza bilan tuman hokimligiga murojaat qiladi. Hujjatlar murojaat kelib tushgan kundan boshlab 10 ish kunida o‘rganib chiqiladi.
Hududiy ishchi guruh:
har 10 kunda talabgorga subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xulosalarni tushgan kundan e’tiboran umumlashtirib, tahlil qiladi;
subsidiya oladigan talabgorlar ro‘yxatini 1 avgustgacha Suv xo‘jaligi vazirligiga, 20 noyabrgacha Qishloq xo‘jaligi vazirligiga taqdim etadi.
Vazirliklar tomonidan subsidiyalar tegishlicha 10 avgustgacha hamda 1 dekabrgacha ajratiladi.
Mavzuga oid
13:03 / 20.05.2025
Tadbirkorlarga modulli mehmonxonalar qurish uchun subsidiya ajratiladi
09:50 / 17.05.2025
Usta dehqonlarga 100 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi
15:58 / 12.05.2025
Mahalliy reyslar uchun subsidiya barcha rezident aviakompaniyalarga to‘lanadi
11:15 / 12.05.2025