Tanzila Norboyeva BMT bosh kotibi birinchi o‘rinbosarini qabul qildi
Joriy yil 8 iyun kuni Senat raisi Tanzila Norboyeva Birlashgan millatlar tashkiloti bosh kotibi birinchi o‘rinbosari Amina Muhammad bilan uchrashdi.

Foto: Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati
Senat xabariga ko‘ra, muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlik aloqalari, BMTning barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish doirasida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar, parlamentlararo hamkorlik, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ular ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, davlat va jamiyat hayotidagi ishtirokini yanada faollashtirish hamda yana bir qator muhim masalalar muhokama qilindi.

Muloqot avvalida Senat raisi mehmonni qutlab, amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yaxshi qo‘shnichilik aloqalari, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash doirasida yaratilayotgan shart-sharoitlar, inson huquqlarini himoya qilish, odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish, qonunchilikni takomillashtirish borasida olib borilayotgan ishlar va natijalar bilan tanishtirdi.
Muloqot jarayonida 2021 yilning 23-24 iyun kunlari Buxoro shahrida barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo global hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan xalqaro forum o‘tkazilganiga ham to‘xtalib o‘tildi.

Amina Muhammad so‘nggi yillarda O‘zbekistonda yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlarga to‘xtalib, ushbu holatlar xalqaro doirada keng e’tirof etilayotganini aytib o‘tdi. Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida yetakchi sifatida faol ish olib borayotganini alohida qayd etib o‘tdi.
Shundan so‘ng tomonlar amalga oshirilgan ishlar bilan birga, kelgusidagi rejalarni ham muhokama qildi.
Mavzuga oid

11:58 / 09.04.2025
BMT 13 mingga yaqin ukrainalik tinch aholi halok bo‘lganini tasdiqladi

22:34 / 05.04.2025
Toshkentda Parlamentlararo ittifoq assambleyasi ish boshladi

21:12 / 05.04.2025
Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi yordamchisi bilan uchrashdi

19:02 / 04.04.2025