Navoiyda mansabdorlar sportchi yoshlarning ovqatlanishi uchun ajratilgan mablag‘larni o‘zlashtirib yuborgani ma’lum bo‘ldi
Yosh sportchilarning ovqatlanishi uchun budjetdan ajratilgan jami 109 mln so‘m mablag‘ mansabdorlar tomonidan “hazm qilib” yuborilgan.
Bosh prokuraturaning xabar berishicha, prokuratura idoralari tomonidan Navoiy viloyati sport maktablarida tekshirish o‘tkazilgan va jarayonda 2020-2021 yillarda sportchi bolalarning o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari uchun ajratilgan budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlangan.
Xususan, Navoiy shahridagi 2-sonli sport maktabida erkin kurash bo‘yicha 16 nafar sportchi bolaga 56 mln so‘m, viloyat olimpiya zaxiralari kollejida yunon-rum kurashi bo‘yicha 12 nafar sportchiga 31 mln so‘m hamda Karmana tuman sport maktabida 25 nafar sportchi bolaga 22 mln so‘m ovqatlanish uchun ajratilgan mablag‘lar mansabdor shaxslar tomonidan o‘zlashtirib yuborilgan.
Ushbu holatlar bo‘yicha mas’ullarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
Oldinroq Navoiy viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi hamda oldingi viloyat Turizm va sport bosh boshqarmasi moddiy javobgar shaxslari sport anjomlarini qimmat narxlarda sotib olib, davlat manfaatlariga qariyb 1,4 mlrd so‘m zarar yetkazishgani ma’lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
12:40 / 15.11.2024
Navoiyda salkam 4 balli yer silkinishi sodir bo‘ldi
14:11 / 11.11.2024
Navoiyda Nexia va Exeed to‘qnashishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
12:32 / 06.11.2024
Misr Navoiydagi mis konida burg‘ilash ishlarini boshladi
16:28 / 01.11.2024