O‘zbekistonda 292 ming gektar yer maydonida chigirtkalar tarqalgani aniqlandi
O‘zbekistonning 292,6 ming gektar maydonida chigirtkalar tarqalgani aniqlandi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi axborot xizmati rahbari Sabina Sadinova ma’lum qildi.

Foto: Wikipedia
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda 200 dan ortiq chigirtka turi mavjud. 2022 yilda respublika bo‘yicha zararli chigirtkalar tarqalishi mumkin bo‘lgan 580,3 ming gektardan ortiq maydonda kimyoviy ishlov o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Bugungi kungacha mamlakat hududida 292,6 ming gektar maydonda chigirtkalar tarqalganligi aniqlangan. 284,0 ming gektar maydonda kimyoviy ishlovlar o‘tkazilgan.
Bildirilishicha, shu paytga qadar Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Navoiy, Sirdaryo, Buxoro, Andijon, Xorazm, Namangan, Farg‘ona viloyatlari hududida kimyoviy ishlovlar o‘tkazildi.
Bundan oldin Qashqadaryoning ayrim hududlarida dalalarni chigirtka bosgani aytilgandi.
Chigirtkalar mahalliy va Marokash turiga oid bo‘lib, mahalliy chigirtka ekinlarga xavf solmaydi. Marokash chigirtkasiga qarshi mavsumda uyg‘unlashgan himoya chora-tadbirlari o‘tkazib kelinadi.
Mavzuga oid

15:49 / 14.05.2025
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?

14:03 / 11.05.2025
Buxoro va Xorazmni bog‘lovchi yo‘lni chigirtkalar bosdi

10:20 / 05.05.2025
Nurobodda qariyb 17 ming gektar maydonda zararli chigirtkalar tarqalgani aniqlandi

13:48 / 18.04.2025