Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda badaniga toshmalar toshgan bemor aniqlangani bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida maymunchechak kasalligiga shubha qilingan bemor borligi haqida xabarlar tarqaldi. “Sanepidxizmat” matbuot xizmati holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, Asaka tumani Kujgan mahallasida yashovchi, 1973 yil tug‘ilgan Yu.X. joriy yil 12 iyun kuni soat 11:07 da RShTYoIM Andijon filiali toksikologiya bo‘limiga “Badaniga toshmalar toshishi, tana harorati ko‘tarilishi, bezovtalik, nafas bo‘g‘ilishi, o‘ta holsizlik” shikoyati bilan yotqizilgan.
Anamnezida bemor “Yuqori nafas yo‘llari yallig‘lanishi va bo‘yin limfa tugunlari kattalashishi” tashxisi bilan 3 kun uyida kelini tomonidan davolangan.
Bildirilishicha, davolanish davrida bemor turli dori vositalarini qabul qilgan. 2 kun davomida badanlarida asta-sekin toshmalar paydo bo‘lib, og‘iz ichiga ham toshmalar toshgan.
Bemor Asaka tuman tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar bo‘limida bir kun davomida davolanib, ijobiy o‘zgarish sezilarli darajada bo‘lmaganidan keyin Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialiga yuborilgan.
“Ko‘rsatilgan muolajalar natijasida umumiy holatida yaxshilanish kuzatilib, oddiy palatada davolanish davom ettirilmoqda”, deyiladi xabarda.
Bemorga dori moddalarga allergik reaksiya (Sindrom Layyella) tashxisi qo‘yilgan.
Mavzuga oid
22:14 / 27.05.2025
«Nasaf» «Andijon»ni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogi egasi bo‘ldi
23:01 / 26.05.2025
Andijonda daraxt Cobalt ustiga qulab tushdi
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
07:50 / 24.05.2025