Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada YPX inspektori tekshiruv vaqtida qochib ketdi. IIB u «o‘zini nosamimiy tutgani»ni bildirdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati Quva tumanida YPX inspektorining pora olgani haqida xabar tarqaldi. Viloyat IIB holat yuzasidan rasmiy axborot bilan chiqdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 11 iyun kuni Quva tuman IIBga YPX inspektori I.K.ning xatti-harakatlari yuzasidan fuqarolar S.Z va M.H. tomonidan ariza kelib tushgan.
«Mazkur murojaatda keltirilgan holatlarni o‘rganish jarayonida YPX inspektori I.K. o‘zini nosamimiy tutib ketib yuborgan», deyiladi viloyat IIB xabarida.
Bildirilishicha, holat yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, prokuratura organlariga taqdim qilingan.
Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
20:04 / 22.05.2025
Xorazmda soliq inspektoriga, Qashqadaryoda esa sud ekspertiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
12:36 / 24.04.2025
Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti poraxo‘rlikda ayblanmoqda
10:53 / 22.04.2025