O‘zbekiston | 07:12 / 14.06.2022
7655
1 daqiqa o‘qiladi

«Kompas» majmuasi va Qo‘yliq bozori oralig‘idagi yerosti o‘tish yo‘li vaqtincha yopiladi

Toshkent halqa avtomobil yo‘lida joylashgan "Kompas" savdo majmuasi va Qo‘yliq dehqon bozori oralig‘idagi yerosti o‘tish yo‘li vaqtincha yopiladi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, bu yo‘l-qurilish ishlari olib borilayotgani sababli amalga oshiriladi.

Qayd etilishicha, bu vaqt davomida piyodalar Toshkent halqa avtomobil yo‘lidagi 9 qavatli uy va Qo‘yliq kiyim bozori oralig‘ida joylashgan yerosti piyodalar o‘tish yo‘lidan foydalanishi mumkin.

Poytaxt hokimligi shahar aholisidan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid