Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston milliy jamoasi muddatidan oldin Osiyo Kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Falastinning g‘alabasidan so‘ng O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston va yana 5 jamoa Osiyo Kubogiga yo‘llanma oldi.
Osiyo Kubogi-2023 saralashi doirasida 3-turning dastlabki bahsida Falastin (9) Filippin (4) darvozasiga javobsiz 4ta to‘p kiritib, o‘z guruhida 1-o‘rin bilan turnirning final bosqichiga chiqdi.
Guruhning ikkinchi bahsida Yaman (1) Mo‘g‘uliston (0) bilan o‘ynaydi. Ammo ushbu guruhda 2-o‘rinni egallagan jamoa 4 ochkodan ko‘p jamg‘ara olmaydi.
Natijada qolgan guruhlardagi 6 ochko to‘plagan jamoalar, jumladan, O‘zbekiston ham 3-tur oldidan muddatidan avval qit’a chempionatiga yo‘llanma olishdi — O‘zbekiston, Tailand, Iordaniya, Hongkong, Hindiston, Bahrayn, Tojikiston va Qirg‘iziston.
Srechko Katanets bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston o‘z guruhida birinchi o‘yinda Shri-Lankani 3:0, Maldiv orollarini 4:0 hisobida mag‘lub etgandi. Uchinchi tur doirasida Tailandga qarshi bahs 14 iyun kuni soat 20:30 da start oladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston ketma-ket 8-marta, Tojikiston esa o‘z tarixida ilk bor Osiyo chempionatida ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, saralashda 6ta guruh bor va ulardagi 1-o‘rin sohiblari hamda 2-o‘rin egalaridan eng yaxshi 5tasi final bosqichiga chiqadi.
Osiyo Kubogi-2023 saralashi
V guruhi 3-tur. 14 iyun
Falastin — Filippin 4:0
Gollar: Chihadeh (31), Seyam (42), Yamin (55), Abu Varda (72).
Mavzuga oid
23:22 / 21.04.2025
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
15:51 / 21.04.2025
Prezident o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo kubogi g‘oliblarini unvon va medallar bilan taqdirladi
11:57 / 21.04.2025
Jahon chempionatida munosib ishtirok etasiz, deb ishonaman - Shavkat Mirziyoyev Osiyo chempionlarini tabrikladi
00:22 / 10.04.2025