O‘zbekiston | 11:33 / 14.06.2022
4780
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida o‘qishga kiritish bilan bog‘liq firibgarliklar fosh etildi

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda, fuqaro O.T. fuqarolar F. va M.ni tanishlari yordamida Qarshi davlat universitetining “Tarix” va “Boshlang‘ich ta’lim” fakultetlariga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga jami 10 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, departamentning Sariosiyo tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Sariosiyo tuman Pedagogika kolleji direktori o‘rinbosari Sh.Q. fuqaro N.ni 5 million so‘m evaziga ushbu kollejga o‘qishga kiritib qo‘yishga yordam berishni va’da qilib, shundan 100 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq, Samarqand davlat universitetining o‘qituvchisi 4 ming dollar evaziga fuqaroni o‘qishga kiritib qo‘yishini aytib, shundan 2,5 ming dollar olayotganda ushlangandi.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid