Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Qurilish vazirligi mutasaddisi viloyat hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi.
Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, bugun, 2022 yil 14 iyun kuni viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev, sektorlar rahbarlari, viloyat korxona va tashkilotlari mutasaddilari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tgan.
Yig‘ilishda Vohid Ibodullayev – viloyat hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlanganligi e’lon qilingan.
V.Ibodullayev 1979 yilda Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida tug‘ilgan. Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyalari instituti va Toshkent arxitektura va qurilish institutini tamomlagan.
Mazkur tayinlovgacha V.Ibodullayev Qurilish vazirligi Ichki audit va komplayens-nazorat boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.
Avvalroq, Kitob tumaniga yangi hokim tayinlangani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
08:13 / 27.05.2025
Haj ziyoratiga yuborishga uringan shaxslar ushlandi
12:08 / 13.05.2025
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi
19:44 / 07.05.2025
Yana ikkita universitet rektori o‘zgardi
17:31 / 07.05.2025