O‘zbekiston | 10:58 / 15.06.2022
14226
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘ona vodiysida sel xavfi e’lon qilindi

Joriy yilning 15-17 iyun kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, Farg‘ona vodiysining tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi mumkin.

Foto: Kun.uz

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, quyidagi hududlarda sel xavfi mavjud:

Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlari;

Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona, Beshariq tumanlari;

Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlari va Xonabod shahri.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘ralgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid