Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
May oyida O‘zbekistonga kelgan sayyohlar soni 3,6 baravarga oshdi
O‘zbekistonga may oyida necha nafar turist kelgani va eng ko‘p tashrif qaysi davlatdan bo‘lgani ma’lum qilindi.
Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2022 yilning may oyida 503,6 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 363,4 ming nafarga yoki 3,6 baravarga oshgan.
O‘zbekistonga may oyida eng ko‘p quyidagi davlatlarning fuqarolari turistik maqsadda tashrif buyurgan:
- Qozog‘iston – 169,9 ming nafar;
- Qirg‘iziston – 141,3 ming nafar;
- Tojikiston – 116,0 ming nafar;
- Rossiya – 47,5 ming nafar;
- Turkiya – 6,4 ming nafar;
- Germaniya – 2,2 ming nafar;
- Fransiya – 1,7 ming nafar;
- AQSh – 1,5 ming nafar;
- Koreya – 1,4 ming nafar;
- Hindiston – 1,3 ming nafar;
- Isroil – 1,3 ming nafar;
- Buyuk Britaniya – 1,1 ming nafar;
- Belarus – 1,0 ming nafar;
- Italiya – 0,7 ming nafar;
- Ispaniya – 0,5 ming nafar.
Bundan oldin O‘zbekistonga eng ko‘p turistlar qaysi davlatdan kelayotgani ma’lum qilingandi.
Mavzuga oid
10:40 / 28.05.2025
Oliy ta’lim tashkilotlarida qancha talaba tahsil olayotgani aytildi
11:13 / 27.05.2025
Qaysi hududda eng ko‘p nikoh qayd etilgani aytildi
13:07 / 26.05.2025
34 yilda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni qanchaga oshgani aytildi
11:21 / 23.05.2025