Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi miqdori ma’lum qilindi
O‘zbekiston va Rossiya tashqi savdo aylanmasi to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.
Qo‘mita axborotiga ko‘ra, 2022 yil yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi – 2,6 mlrd dollarni tashkil etdi.
Bunda, eksport – 700 mln dollar, import – 1,9 mlrd AQSh dollariga teng bo‘ldi.
O‘z navbatida, eksport tarkibida sanoat mahsulotlari 267,2 mln dollarni olib kelgan bo‘lsa, turli tayyor mahsulotlar – 146,2 mln, xizmatlar – 108,6 mln dollar.
Bundan tashqari, import bo‘yicha eng ko‘p mablag‘ sanoat mahsulotlariga sarflangan – 717 mln dollar. Oziq-ovqat mahsulotlari 229 mln dollarga tushgan, mashina va asbob-uskunalar 224 mln dollarni tashkil qilgan.
Bundan oldin O‘zbekiston 4 oyda 62 ta davlatga 1,1 mlrd dollarlik to‘qimachilik mahsulotlarini sotgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
11:43 / 26.05.2025
Faqat milliy mahsulotlar sotiladigan savdo markazlari ishga tushiriladi
14:34 / 20.05.2025
YeI va Britaniya mudofaa va savdo hamkorligini tiklaydi
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025