O‘zbekiston | 10:03 / 15.06.2022
20718
2 daqiqa o‘qiladi

Qo‘shrabot tumaniga yangi hokim tayinlandi

Tuman hokimi boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z arizasiga asosan egallab turgan vazifasidan ozod etilgan.

Foto: Samarqand viloyati hokimligi

Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, bugun, 2022 yil 15 iyun kuni xalq deputatlari Qo‘shrabot tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazilgan. Unda tashkiliy masala ko‘rib chiqilgan.

Qo‘shrabot tumani hokimi Himmat Oqbo‘tayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z arizasiga asosan egallab turgan vazifasidan ozod etilgan.

Sessiyada deputatlar tomonidan Dilshod Shakarboyev nomzodi Qo‘shrabot tumani hokimi lavozimiga tasdiqlangan.

Mazkur tayinlovgacha D.Shakarboyev Samarqand viloyati Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

Ma’lumot uchun, 2006–2016 yillar davomida Urgut tumani hokimi bo‘lib ishlagan H.Oqbo‘tayev 2016 yil 23 dekabr kuni Samarqand viloyati hokimi etib tayinlangan.

Viloyat hokimi sifatida bor-yo‘g‘i 6 oy ishlagan H.Oqbo‘tayev 2017 yil 12 iyun kuni prezident raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida lavozimidan ozod qilingan.

2017 yil 17 noyabr kuni Qo‘shrabot tumani hokimi etib tayinlangan.

Mavzuga oid